Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali
III. BOB LTE RADIOTARMOQLARINI LOYIHALAShTIRISh
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
mobil aloqa tarmoqlarida abonent kirish tarmogi arxitekturasi
III. BOB LTE RADIOTARMOQLARINI LOYIHALAShTIRISh
3.1. Radiotarmoqlarini loyihalashtirish jarayoni va energetik byudjet Tarmoqlarni loyihalashtirishning ikkita asosiy usuli mavjud: − maksimal qoplash yuzasini shakllantirish maqsadida; − talab qilinayotgan sig`imni ta`minlash maqsadida. Bu vazifalar ba`zan bir-biriga qarama-qarshi bo`lib qoladi. Masalan, abonentlar zichligi katta bo`lgan shahar sharoitida bazaviy stantsiya (BS) xizmat ko`rsatish xududi yuzasi bo`yicha maksimal imkoniyati juda kam, lekin o`tkazish qobiliyati bo`yicha optimallashtirilgan. Qishloq joylarda ko`proq buning aksi, abonentlar zichligi katta emas va bazaviy stantsiyalarning har biri maksimal territoriyani qoplashi uchun bir-biridan maksimal uzoqroq masofada o`rnatilishi kerak. Lekin boshqa hollarda tarmoq loyihasida uni xarakteristikalarini cheklovchi faktorlarni ko`rsatish uchun radioqoplash xududi ham, tarmoq sig`imi ham baholanadi. Radioqoplash xududini tahlil qilish energetik byudjetni yoki liniyadagi ruxsat etiladigan maksimal yo`qotish (REMY) ni hisoblash bilan boshlanadi. Hisoblash tamoyili 3.1- rasmdan ko`rinadiki, REMY uzatkichning ekvivalent izotrop nurlanish quvvati (EINQ) va qabul qiluvchi bog`langan tomondagi kirishda aloqa kanalida barcha yo`qotishlarni hisobga olgan holda qabul qilgichda signalni normal holda demodulyatsiya qilishni ta`minlashi uchun zarur bo`lgan signalning minimal quvvati farqi orqali hisoblanadi. 2600 MGts chastota diapozonida, chastota va vaqt bo`yicha dupleks rejimida ishlovchi LTE tizimi uchun energetik byudjetni hisoblashga misollar ko`ramiz. Vaqt bo`yicha dupleks rejimdagi tizimlar uchun 1- va 2- kadrlar konfiguratsiyasi ikkita variantini, maxsus 7 – subkadrning formatini qarab chiqamiz.
45
3.1- rasm. Energetik byudjetni hisoblash pritsipi Tizimli polosa barcha tizimlar uchun 20 MGts deb qaraladi, FDD holatida tizim polosasi yuqori liniya (UL) va past liniya (DL) uchun 10 MGts dan ikkita kanalga bo`linadi, TDD holatida esa butun 20 MGts polosa ham UL ga ham DL ga ishlatiladi. BS ni qarab chiqadigan bo`lsak, har bir sektorning RCh-bloki ikkita qabul qilib uzatkich bilan ta`minlangan, uzatkichning chiqish quvvati 20 Vt (43 dBm). RCh-bloki bevosita antenna yaqiniga o`rnatiladi. Bazaviy stantsiya pastki liniyada kross-qutblashgan antennalar bilan MIMO 2x2 rejimida ishlaydi. Shu sababli energetik byudjet uya chekkasidagi, ya`ni past qiymatli signal/shovqin munosabati (SShM) signalni BS dan qabul qiluvchi abonent stantsiyasi (AS) uchun hisoblanadi, BS esa bu AS ga signalni yoyilib tarqalish rejimida uzatadi. Fazoda ikkita uzatkich signali quvvatini qo`shish hisobiga energetik yutuqqa (3 dB) erishish mumkin. AS sifatida USB-modemni qaraymiz, 3 - sinf EINQ qiymati 23 dBm.
Energetik byudjet sezilarli darajada kadrlar UL va DL kadrlar uzunligi nisbatiga bog`liq. Agar FDD tizimida yuqori va pastki liniya uchun kadrlar konfiguratsiyasi bir xil: kadr o`z ichiga har biri 1 ms dan 10 ta subkadrlarni oladigan bo`lsa, u holda TDD tizimida yuqori va pastki liniya uchun assimmetrik strukturadagi kadrlar ishlatiladi. Energetik byudjetni hisoblash natijalari 3.1- jadvalda keltirilgan.
46
3.1- jadval O`rtacha shahar qurilishi sharoiti uchun energetik byudjet
Parametrlar FDD 10+10 MGts TDD 20 MGts (1- kadr konfiguratsiyasi) TDD 20 MGts (2- kadr
konfiguratsiyasi)
DL UL
DL UL
DL UL
Antena tizimi 2x2 1x2
2x2 1x2
2x2 1x2
Kadrlar uzunligi nisbati DL/UL 100%
100% 54%
42% 74%
23% Uzatgich P tx
Uzatkichning chiqish quvvati, dBm 43.0 23.0
43.0 23.0
43.0 23.0
G T X D IV
Uzatkichlar quvvatini qo`shish yutug`i, dB 3.0 -
- 3.0
- G T X A
Antennaning kuchaytirish koeffitsienti, dB 18.0 0.0
18.0 0.0
18.0 0.0
L T X F
Fider traktidagi yo`qotish, dB 0.4
- 0.4
- 0.4
- P EIRP EINQ, dBm P EIRP
= P Tx + G TxDiv +
G TxA
— L TxF
63.6
23.0 63.6
23.0 63.6
23.0 Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling