800 MGts past chastota diapazonida radioto`lqinlarni tarqalishining yaxshi
taxminan ikki marta oshadi, shunga mos holda 800 MGts chastota diapazonini
ishlatganda xuddi shunday territoriyani qoplashi uchun ikki marta kam sayt talab
Agar tarmoq faqat past chastota diapazonida qurilsa, u holda abonentlar
zichligi yuqori bo`lganda talab qilingan sig`imga erishish uchun saytlarni bir –
biriga yaqin qilib o`rnatishga to`g`ri keladi. Saytlarni juda zich joylashtirish
ularning radioqoplash xududlari qaytadan qoplanishiga olib keladi (chastotani
qayta ishlatish koeffitsienti 1 ga teng bo`lgan LTE tarmog`i uchun bu juda tanqidli
holatdir), tizimdagi ichki xalaqit kuchayadi, va o`tkazish qobiliyati yomonlashadi.
3.6 – rasm. 2600 MGts va 800 MGts chastota diapozonlarida uch sektorli BS
radioqoplash xududlarini solishtirish
Va aksincha, agar faqat yuqori chastota diapazonida ishlasa, u holda
radioqoplash bilan bog`liq iloji yo`q muammolar yuzaga keladi.
Ierarxik tarmoqlar g`oyasi hali yangi emas. Qoplash xududi va tarmoq sig`imi
orasida balansga erishish uchun yuqori va past chastota diapazonida ishlovchi
ikkitadan kam bo`lmagan ierarxik sathlardan foydalanish maqsadga muvofiq,
bunda har xil sathlarda turli radiotexnologiyalar ishlatish mumkin.
56