Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” qarshi filiali “telekomunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakulteti tt 11-22- guruhi talabasi omonov doston rustam o’G’lining akademik yozuv amaliy ishi Hujjatchilik tаrixi va uning


Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib


Download 21.11 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi21.11 Kb.
#1052931
1   2   3
Bog'liq
AKASEMIYOZUV7

Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi.
Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda - guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.
Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi.
Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili to'g'risida” qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi.
1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi.


Download 21.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling