Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali mustaqil ish


Download 395.43 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi395.43 Kb.
#1149880
  1   2   3   4
Bog'liq
Algoritm tushunchasi va xususiyati. Algoritm


TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI

Mustaqil ish

FAN NOMI: Ma`lumotlar tuzilmasi va algoritm


MAVZU: Algoritm tushunchasi va xususiyati. Algoritm yozish usullari. Algoritm sinflari
Guruh: 971-20
Bajardi: Javohir Nazirboyev

Urganch 2022
Mavzu: Algoritm tushunchasi va xususiyati. Algoritm yozish usullari. Algoritm sinflari

Reja:

  1. Algoritm” tushunchasi va algoritmning asosiy xossalari

  2. Algoritm yozish usullari va ularga misollar.

  3. Algoritmni asosiy turlari va sinflari.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.“Algoritm” tushunchasi va algoritmning asosiy xossalari
Algoritm tushunchasi hozirgi zamon matematikasining eng keng qo‘llanilayotgan tushunchalaridan biri hisoblanadi. Algoritm so‘zi o‘rta asrda paydo bo‘lgan bo‘lib, Al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liqdir. Hozirgi paytda o‘nlik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajarish usullarini hisoblash algoritmi soddagina bo‘lgan misol sifatida keltirsa bo‘ladi.
Ma’lumki, inson kundalik turmushida turli - tuman ishlarni bajaradi. Har bir ishni bajarishda esa bir qancha elementlarni ketma - ket amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Mana shu ketma-ketlik yozilsa, u bajariladigan ishning algoritmi bo‘ladi.
Algoritm ma’lum bir buyruqlar to‘plami bo‘lib, bajaruvchi uchun aniq ko‘rsatmalarni o‘z ichiga mujassamlashtiradi. Ushbu buyruqlar bajaruvchiga ko‘rsatilgan maqsadga erishish uchun asos bo‘lishi kerak.
Qo‘yilgan biror masalani kompyuterda yechish uchun, avval uning matematik modelini, keyin esa yechish algoritmi va dasturini tuzish kerak bo‘ladi. Ushbu uchlikda algoritm bloki muhim ahamiyatga ega. Endi algoritm tushunchasining ta’rifi va xossalarini bayon qilamiz. Masala echimini cheklangan qadamlar natijasida hosil qiladigan, oldindan tayinlangan va aniq belgilangan qoidalar yoki buyruqlar ketma-ketligi algoritm deyiladi. Soddaroq qilib aytganda, algoritm bu - oldimizga qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligidir. Algoritm tuzish - bu dasturlashdir, algoritmni tuzuvchilar esa dasturchilardir.
Masalan, ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamani yechish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi zarur bo‘ladi:
a, b, c koeffitsiyentlar berilgan bo‘lsin.
Berilgan a, b, c koeffitsiyentlar yordamida discriminant.
D= b2-4ac hisoblanadi.
D>0 bo‘lsa X12 = (−b± D)/ 2*( a)- hisoblanadi.
D<0 bo‘lsa, haqiqiy echimi yo‘q.
Misol sifatida berilgan a, b, s tomonlari bo‘yicha uchburchakning yuzasini Gerron formulasi bo‘yicha hisoblash masalasini ko‘rib chiqaylik.
a, b, c uchburchak tomonlari uzunliklari.
r = (a+b+c)/2 - perimetrning yarmi hisoblansin.
T= p(r-a) (r-b) (r-c) – hisoblansin.
S= T hisoblansin.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, algoritmning har bir qadamida bajariladigan amallar tushunarli va aniq tarzda ifodalangan hamda chekli sondagi amallar bajarilgandan keyin aniq natija olish mumkin.
Zikr etilgan, tushinarlilik, aniqlilik, cheklilik va natijaviylik tushunchalari algoritmning asosiy xossalarini tashkil etadi. Bu tushunchalar keyingi paragraflarda alohida ko‘rib o‘tiladi.
“Algoritm” so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Evropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. AlXorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik canoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amalni bajarish qoidalarini asoslab bergan.
Algoritmning 5 ta asosiy xossasi bor.

Download 395.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling