II klass
|
Nikoh va tug‘ilish
|
Nikohga kirishda yoki bola tug‘ilganda sug‘urta summasi to‘lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami
|
III klass
|
Hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish
|
Umrbod renta to‘lanishi bilan birgalikda hayotni sug‘urta qilish turlari jami
|
IV klass
|
Sog‘liqni sug‘urta qilish
|
Ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta davri kamida besh yildan kam bo‘lmagan muddatga yoki sug‘urta qilinuvchining pensiya yoshiga etguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yo‘qotganda sug‘urta summalari to‘lanishini ta’minlovchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta davri sug‘urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas
|
Mazkur sug‘urta faoliyati klassifikatorining qabul qilinishi sug‘urta kompaniyalari uchun sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda asos hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalari sug‘urta faoliyati uchun litsenziya olishda Moliya vazirligi tomonidan qo‘yiladigan talablarda ham faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan sug‘urta xizmatlari bo‘yicha sug‘urta shartomlaridan nusxa taqdim etildishi shart hamda arizada sug‘urta klasslari nomlari ham keltiriladi. Keltirilgan sug‘urta turlari bo‘yicha boshqa talablar ham o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli Qarorining 1-ilovasi - Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom haqida bo‘lib, uning 1-ilovasida sug‘urta faoliyati klassifikatorining tarkibi hamda tarmog‘i kelirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |