Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Download 376.81 Kb.
bet94/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
маъруза матни L

Sug’urta shartnomasi – sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi sug’urta turi shartlariga mos ravishda ularning o’zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm).
Sug’urta himoyasi – konkret ob’ekt tomonidan ko’rilgan zararni bartaraf qilish yoki qoplash bo’yicha munosabatlar.
Sug’urtalovchisug’urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug’urta qildiruvchi – sug’urta badallarini to’lovchi va konkret sug’urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug’urtalanuvchi – hayoti, sog’ligi yoki mehnatga layoqati sug’urta ob’ekti bo’lgan shaxs.
Sug’urta ob’ekti va predmetlari – sug’urtalashga tegishli bo’lgan moddiy qiymatliklar, inson hayoti, sog’ligi, mehnatga layoqati, javobgarliklar va mas’uliyatlar.
Sug’urta mas’uliyati – sug’urtalovchining sug’urta holatlari ro’y berganda sug’urta qoplamalari yoki sug’urta summalarini to’lash bo’yicha majburiyati.
Sug’urta guvohnomasi (polisi) – sug’urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug’urta tarifi – sug’urta summasiga nisbatan foiz stavkasi.
Sug’urta badali (mukofoti) sug’urta summasiga nisbatan belgilangan sug’urta tarifi bo’yicha pul to’lovi.
Sug’urta muddati – sug’urta ob’ektining sug’urtalangan davri.
Sug’urta holati – sug’urta qoplamasi yoki sug’urta summasi to’lanishi kerak bo’lgan turli salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo’lgan holatlar.
Sug’urta dalolatnomasi – o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo’lgan sug’urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug’urta qoidalari – ixtiyoriy sug’urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Sug’urta – ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida qoplash.

Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling