Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya hisobi, tahlili va auditi kafedrasi
Download 0.77 Mb.
|
1 BMI hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILOVALAR. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 91
- Bitiruv malakaviy ishining predmeti.
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari.
- Bitiruv malakaviy ishini natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
- Bitiruv malakaviy ishi tuzilmasining tavsifi.
KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga, ularning moliyaviy barqarorligi va to‘lovga layoqatliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarining sifatiga va bahosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga, majburiyatlarni asossiz ko‘payib ketishini oldini olishiga imkon yaratadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, inovatsion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Shu asnoda, mazkur subyektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport saloxiyatini yuksaltirish, korxonalarni kelgusida muvofakiyatli rivojlanishini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo‘lib o‘rganishimizni taqazo etadi. Buxgalteriya hisobi turlari ichida moliyaviy hisob alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u tashqi foydalanuvchilar uchun asosiy axborot manbai bo‘lib hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligining asosiy masalasi bu – qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Bugungi kunda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yillik iste’moli 47,3 foizini tashkil qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari importi yildan yilga kamayib, uning eksport hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo‘jaligida asosiy kuch bo‘lib, nafaqat mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har jihatdan obod va farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga oshirayotganini bugun faxr va g‘urur bilan, minnatdorlik bilan qayd etamiz”1 Qishloq xo‘jaligini erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari talabi darajasida barqaror rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligini yuritishning turli mulk va mulkchilik shakllarini va tadbirkorlik shakllarini barpo etishning zarurligi, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘oriladigan yerlar maydoni, sifati moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari mehnat resurslari bozori, mehnat unumdorligini oshirish, investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) bo‘yicha davlatning siyosati, qishloqda servisni rivojlantirish, xarajatlarni tejash, mahsulot va xizmatlarning baholarini belgilash, raqobatbardoshligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarining daromadlarini ko‘paytirish yo‘llarini asoslab berish maqsadga muvofiqdir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarningda asosiy vazifalaridan biri eksportbop mahsulot (ish va xizmat) lar ishlab chiqarishi zarur. Buning uchun mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lishi va tovar ishlab chiqaruvchilarimiz raqobatda ustunlikka erishishlari lozim. Raqobatdagi ustunlik esa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish va xizmat) larga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish, uning sifatini ko‘tarish va bozor talablariga tez moslashishi bilan belgilanadi. Bunda, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish masalalari muhim ahamiyatga egadir. Shu boisdan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda yaratilayotgan mahsulot (ish va xizmat)larga sarflanayotgan xarajatlarni xarajat obyektlariga ko‘ra obyektiv taqsimlash va ularni dastlabki hujjatlarda to‘g‘ri hisobga olish hamda mahsulot (ish va xizmat) tannarxida ishlab chiqarish xarajatlarining to‘g‘ri shakllanayotganligini audit qilish orqali kelgusi davrlar uchun aniq qarorlar qabul qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish va xizmat) larga sarflanayotgan xarajatlarni buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to‘g‘ri yuritishda amaldagi tizim boshqaruv talablariga to‘la javob bermasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun yuqorida bayon mavjud masalalarni ijobiy hal etish mazkur mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi va ishda aynan ushbu masalalarni yoritish zaruriyatini belgilab beradi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Tadqiqot obyekti “FUTURE GROUP” Mas’uliyati cheklangan jamiyati hisoblanadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishining predmeti xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlar hisobini tashkil etish hamda uni kamaytirish yo‘llari hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu bitiruv malaka ishining maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlar hisobini o‘rganish va uning hisobini takomillashtirish yuzasidan tegishli xulosa va takliflarni shakllantirishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi: xarajatlarni mazmuni va mohiyatini o‘rganish; xarajat mohiyatidan kelib chiqqan holda uni turkumlanishini ko‘rib chiqish; ishlab chiqarish xarajatlarini maqsadi va vazifalari haqida tushuncha olish; ishlab chiqarish xarajatlarining normativ-huquqiy asoslarini o‘rganib chiqish; qishloq xo‘jalik korxonalarining boshqaruv va moliyaviy faoliyatlarida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalarini tahlil etish va nazorat qilish usullarining mazmun-mohiyatini o‘rganish ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil qilishning nazariy asoslarini o‘rganish; bozor iqtisodiyoti sharoitida auditning uslubiy asoslarini tahlil qilish; ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish; korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining auditini o‘tkazish metodikasini o‘rganish va fikr berish; korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblashni tekshirishni tashkil etish masalalarini o‘rganishdan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishining asosiy masalalari va farazlari.Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari shundan iboratki, bitiruv malaka ishida ko‘rsatib o‘tilayotgan ilmiy xulosa, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash natijasida “FUTURE GROUP” Mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyatida buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan oqilona foydalangan holda korxona xarajatlarini nazorat qilish imkoniyatini oshiribgina qolmay balkim xarajatlar hisobini hisobotlarda takomillashtirish imkonini beradi. Bitiruv malakaviy ishini natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy xulosalar va tavsiyalari ishlab chiqarish xarajatlari hisobini xalqaro talablar asosida tashkil etilishiga imkoniyat yaratadi. Tadqiqot natijalaridan xarajatlar hisobini tashkil etish borasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, oliy o‘quv yurtlarida hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda amaliy qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi tuzilmasining tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Bitiruv malakaviy ishining umumiy hajmi 90 bet, 5 ta rasm, 10 ta formula, 6 ta jadvaldan iborat. Amaliyot o‘tash joyidan ilovalar keltirilgan: balans va moliyaviy natijalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida 30 ta adabiyot keltirilgan Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling