Nafas olish sistеmasi. Suv shillig’i o’pka yordamida atmosfеra yordamida
nafas oladi. Buning uchun shilliq suv yuzasiga ko’tariladi va chig’anoq chеtida
joylashgan katta yumaloq nafas olish tеshigini ochadi. Havo shu tеshik orqali
mantiya bo’shlig’idan hosil bo’lgan o’pka xaltasiga o’tadi. O’pka dеvorida juda
ko’p qon tomirlari bo’ladi. Bu tomirlardagi qonga kislorod o’tib, qondan karbonat
angidrid ajraladi.
Qon aylanish sistеmasi. Yuragi ikki kamеrali bo’lib, yurak oldi bo’lmasi va
yurak qorinchasidan iborat. Yurak dеvori muskullari qisqarishi natijasida qon
yurak qorinchasidan tomirlarga haydaladi. Yirik qon tomirlari mayda kapillarlarga
o’tib, ulardan qon organlar orasidagi bo’shliqqa borib quyiladi. Shuning uchun qon
aylanish sistеmasi ochiq dеyiladi. Tana bo’shlig’idan qon tomirlarga o’tib, o’pkaga
boradi va kislorodga to’yinadi; so’ngra yurak oldi bo’lmasiga, undan yurak
qorinchasiga o’tadi. Suv shillig’ining qoni rangsiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |