Toshkent davlat iqtisodiyot univeristeti


Download 81.85 Kb.
bet2/3
Sana29.12.2022
Hajmi81.85 Kb.
#1072094
1   2   3
Bog'liq
Sattorova Barno Mikroiqtisodiyot.

Oziq-ovqat narxi, so`m (P)

Yakka iste′molchilar talabi

Umumiy bozor talabi, birlikda


A


B


V

1000

4

6

8

18

2000

3

5

7

15

3000

2

4

6

12

4000

1

3

5

9

5000

0

2

4

6

Manba: shartli raqamlar

Oxirgi ustunda umumiy bozor talabi keltirigan va ular iste′molchilarning individual talablarini qo`shish orqali aniqlangan. Masalan, oziq-ovqat narxi 1000 so`m bo`lganda, umumiy bozor talabi quyidagicha hisoblanadi: 4 6 8 18.


Quyidagi 7.6-rasmda ushbu iste′molchilarning yakka talab chiziqlari va bozor talab chizig`i keltirilgan.
Bozor talabi chizig`i har bir iste′molchining berilgan narxlardagi talablarini qo`shish orqali hosil qilingan. Bozor talabi chizig`ining har bir nuqtasi berilgan narxda uchta iste′molchi uchun qancha oziq-ovqat birligi kerakligini ko`rsatadi.



P

5
4
3


2
1


Iste′molchilar talab chiziqlari va bozor talabi chizig`i.

Iste′molchilarning individual talablari chiziqlari to`g`ri chiziqlardan iborat bo`lgani bilan bozor talab chizig`i ham to`g`ri chiziqdan iborat bo`lishi shart emas. Nima uchun deganda, yuqori narxlarda ba′zi bir iste′molchilar tovarni sotib olmasligi ham mumkin yoki ular har xil miqdorda sotib olishi mumkin.


Yana shuni ta′kidlash lozimki, iste′molchilar talablariga ta′sir qiluvchi barcha omillar bozor talabiga ham ta′sir qiladi. Masalan, iste′molchilar sonining oshib borishi bozor talab chizig`ini o`ngga, tepaga siljitadi yoki bo`lmasa, iste′molchilar daromadlarini ortishi, ularning oziq- ovqatga bo`lgan talabini oshiradi. Bu o`z navbatida bozor talab chizig`ini o`ngga-tepaga surilishiga olib keladi.
Umuman olganda, bozor talabini aniqlashda har xil demografik guruhlarga qarashli iste′molchilar talablarini yig`ishga, har xil hududlarda yashovchi iste′molchilar talablarini yig`ishga to`g`ri keladi. Masalan, muzqaymoqqa bo`lgan bozor talabi o`rganilganda yosh bolalar talabi, o`smirlar talabi, ayollar talabi, nafaqaxo`rlar talabi to`g`risidagi axborotlarni olishga va ularni jamlashga to`g`ri keladi. Xuddi shu masalani hududlar bo`yicha aniqlash ham mumkin.
Bozor talabi chizig`ini va shu bilan birga individual talab chizig`ini ifodalashda tovarlarning narx bo`yicha elastiklik koeffitsiyentidan foydalanish mumkin. Biz yuqorida ko`rgan edikki, agar talab narx bo`yicha elastik bo`lsa, narxning pasayishi iste′molchini tovardan ko`proq sotib olishga undaydi. Natijada iste′molchining tovar sotib olishga sarfi o`sadi, narx oshganda iste′molchi sarfi kamayadi. Agar talab elastik bo`lmasa, narx oshganda iste′molchi sarfi ham oshadi, narx pasayganda kamayadi. Bordiyu talab birlik elastiklikka ega bo`lsa, narx oshganda ham, oshmaganda ham iste′molchining tovar sotib olishga sarfi o`zgarmaydi.


Xulosa
Daromadning o`zgarishi byudjet chizig`ini o`ziga parallel ravishda surilishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o`zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-chapga suriladi. Daromadlarning o`zgarishiga mos ravishda iste′molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o`rnatiladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj. Xiks ―daromad-iste′mol‖ chizig`i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda ―turmush darajasi chizig`i‖ deb ham ataladi.
Real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne′matlariga talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne′matlariga talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo`lib daromad o`zgarishining iste′mol tarkibiga ta′sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o`zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi
Daromad samarasi - bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi talabiga ta′siridir. Daromad samarasi iste′molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan boshqa byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini aks ettiradi.
Almashish samarasi - bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining o`zgarishidir. Almashish samarasi X ne′mat narxini o`zgarishi natijasida Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig`iTU1bo`yicha bo`ladi.
Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi.
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi – iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mexanizmining o’ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog’liqdir. Ayniqsa narxning talab va taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o’zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyatini belgilab beradi.
Talab – ehtiyojning ‘ul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning o’sib borishi talabning qisqarishiga olib keladi, talabning kengayishi esa narxning o’sishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil o’zgaruvchi) bilan talab (tobe’ o’zgaruvchi) o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud.
Talab ikki xil yo’nalishda o’zgaradi: biri talab hajmining o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’i bo’ylab xarakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’ining o’zini o’nga yuqoriga yoki cha’ga ‘astga qarab siljitadi.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bo’lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan unga bog’liq emas, chunki zaxira, eks’ort va im’ort omillari ham taklif qilinadigan tovarlar mikdoriga ta’sir ko’rsatadi. Taklif bilan narx o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud, narxlarning o’sishi taklifning o’sishiga olib keladi va aksincha.
Talab va taklifning o’zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga keladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.
Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog’liq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko’’aytirish imkoniyatini taqazo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko’’aytirishlar kiradi. Qisqa davrli muvozanatlikda taklif hajmining oshganligi munosabati bilan bir zumlik muvozanat holatida o’rnatilgan narxga nisbatan ‘ast narx o’rnatiladi.
Uzoq davrli muvozanatlik o’zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo’shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog’liq investistiyalar haqida ga’ boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning ‘aydo bo’lishi ham mumkin bo’ladi. Uzoq davrli muvozanatlikda qiska davrga nisbatan ‘ast narx o’rnatiladi.
Xo’jalik amaliyoti uchun bozor sub’ektlarining narx o’zgarishiga bo’lgan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko’rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yal’i tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bo’lsa, narx bilan yal’i tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvchan bo’lsa xarakat bir tomonlama bo’ladi.


Download 81.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling