Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6-rasm. Kontrakt bankning tashkiliy tuzilishi. Jahon tajribasida banklarning quyidagi tipologiyalari mavjud. Umuman olganda besh toifadagi bank operatsiyalarini kuzatish mumkin: 1. Ulgurji bank; 2. Chakana bank; 3. Universal bank; 4. Islom banklari; 5. Xalqaro banklar. Yana shuni ham ta‘kidlash zarurki, har bir davlatning o‗z xususiyatidan kelib chiqqan holda bank tizimini turlicha guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyaning Barkley banki saytiga murojaat qilsak, u yerda bank turli toifadagi mahsulotlarni, jumladan, shaxsiy banklar, biznes banklar, xalqaro banklar va asosiy xizmatlardan tashqari turli-tuman xizmatlarni taklif etadigan tashkilotlardan iboratligini ko‗rishimiz mumkin. Bu xizmatlar turkumiga fondlar brokeri, aktivlar menejmenti, investisiyalar banki kiradi. Nihoyat banklar xizmatlar spektri bo‗yicha ham toifalanishi mumkin. Faqat bir toifadagi banklar, masalan, ulgurji banklar (Tesco Finance), chakana xizmatlar banki (JPMorgan). Biroq aksariyat banklar bir necha xizmatlarni taklif etadi va ular universal banklar toifasiga kiradi. Bugungi kunda davom etayotgan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida bank faoliyati va bank operatsiyalarini rasional boshqarish katta ahamiyatga ega. Buning uchun banklarda zamonaviy bank menejmentini joriy etish, ilg‗or mamlakatlarning bu sohadagi tajribasini o‗rganish zarur. Shu ma‘noda menejment o‗z ichiga boshqaruv jarayonlarini amalga oshirishning moliyaviy, moddiy, tashkiliy, xukukiy, ma‘naviy-psixologik shart-sharoitlarini yaratish, boshkaruv vazifalarining bevosita ijro etilishi, boshqaruv jarayoni natijalari nazorat va taxlil etilishi kabi bosqichlarni qamrab oladi. Bularga ko‗shimcha ravishda tijorat banklarida mijozlarning kredit tarixi Boshqa banklar Kapital bozori NBBT faoliyati Kontrakt bank Iste‘molichilar 24 bo‗yicha axborot bazasini yaratish, bank kredit xizmatchilarini malakasini doimiy ravishda oshirib borish maqsadga muvofikdir. Shu bilan birga tijorat banklari barqarorligini ushlash va ularni samarali boshqarib turish uchun fikrimizcha, bank mijozlarini ham malakasini ularning iqtisodiy bilim saviyalarini oshirish, yangi ochilayotgan korxona rahbarlarini kasb malakaviy darajalarini tekshirish va nazorat qilish tizimini yaratish maqsadga muvofiq bo‗lar edi. Chunki bank barqarorligi va likvidligi bevosita bank mijozining moliyaviy barqarorligiga bog‗liq jarayon hisoblanadi. Nazariy jihatdan, banklarni tartibga solishning an‘anaviy konsepsiyasi barqarorlikka, xususan, birinchi galda kapitalga (inqiroz sharoitida likvidlilikka ham) nisbatan prudensial talablarni ko‗zda tutib, normal iqtisodiy muhitda va tizimli bank sarosimalari sharoitida individual ravishda banklarning barqarorligini ta‘minlashga qaratiladi. Zero, bank tizimining umumiy barqarorligini ta‘minlash uchun, avvalambor tijorat banklarining individual ―himoya yostiqlari‖ mustahkam bo‗lishi lozim. Dastlabki kreditni muqobillashtirish nazariyalari vertikal foiz stavkasi davlat tomonidan belgilanishiga asoslangan. Keyingi nazariyalar uni defolt riskiga asosan belgilanishini ko‗rsatadi. Bu nazariyaga binoan moliyaviy vositachilar, jumladan banklar kredit riskining oshishini foiz stavkasini oshirish hisobiga kompensatsiya qilolmasligi inobatga olingan. Bank muayyan miqdordagi qarzlarga ega bo‗lgandan keyin risk darajasi foiz stavkasi darajasidan yuqori bo‗ladi, natijada kutilayotgan foyda pasayadi. U quyidagi grafikda tasvirlangan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling