Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining


Xalqaro mehnat taqsimoti - jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosi sifatida


Download 393.84 Kb.
bet3/58
Sana22.09.2023
Hajmi393.84 Kb.
#1684447
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. -fayllar.org

Xalqaro mehnat taqsimoti - jahon iqtisodiyoti globallashuvining
asosi sifatida

Milliy iqtisodiyotning yaxlit bir jahon xo’jaligiga birlashishi, shuniningdek xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmunini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir.


Mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida u yoki bu jihatlari bilan birga xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) katta ahamiyatga ega9. Uning chuqurlashuvi esa-ilmiy- texnikaviy inqilobning (ITI) ta’siri ostida bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi qarashlar konsepsiyasi XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida yashab o‘tgan ingliz klassik ta’limotchilari A. Smit va D. Rikardo ishlarida asoslanib, rivojlantirilgan edi. A. Smit “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari” kitobida (1776 y.) xalqaro mehnat taqsimoti nazariyasini tahlil qilib, savdo va tadbirkorlikda erkinlik zarurligini isbotlagan. Uning fikricha, savdo erkinligida ro‘y berayotgan turli to‘siqlar butun bir davlatlar o‘rtasida ro‘y berayotgan xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashuviga xalaqit beradi. To‘siqlarning tugatilishi va xalqaro almashuv maydonlarining kengayishi natijasida milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvi va o‘zaro bog‘liqligi kengayishi, umumjahon xo‘jaligi yuzaga kelishi ro‘y beradi.
A. Smit keyinchalik o‘zining juda mashxur bo‘lgan erkin savdo shiorini olg‘a surgan edi. Uning konsepsiyasini esa keyinchalik ingliz iqtisodchilari D.
Rikardo, R. Torrens va Jon Styuart Mill rivojlantirdi. Ushbu klassiklarning xalqaro mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi ilmiy nazariyasiiing asosiy yutuqlarini biz ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlar nazariyasida ko‘ramiz. Bu nazariya xalqaro savdo to‘g‘risidagi iqtisodiy ta’limotning —klassik” asosi hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga qanday omillar ta’sir qiladi? Birinchidan, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, ikkinchidan, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko‘tarish, uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga intilish zarurati kabi omillar ta’sir qiladi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy yo’nalishi - ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Xalqaro kooperatsiya va xalqaro ixtisoslashuv xalqaro mehnat taqsimotining asosiy shakllari hisoblanadi.
Turli davlatlardagi korxonalarning ma’lum bir tovarlarni chiqarishga ixtisoslashuvi zamonaviy ilmiy-texnika inqilobiga chambarchas bog‘liq. Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi ikkita yo‘nalish (ishlab chiqarish va hududiy yo‘nalish) bo‘yicha rivojlanib boradi, o‘z navbatida ishlab chiqarish yo‘nalishi:
  1. sohalararo;


  2. davlatlararo;


v) alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bo‘linadi.


Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli - xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning ob’ektiv asosi, ishlab chiqarish rivojlanishining o‘sib borayotgan darajasi hamda mamlakat tashqarisida ro‘y berishidan qat’iy nazar, mustaqil korxonalar o‘rtasida ro‘y berayotgan barqaror ishlab chiqarishdagi aloqalar jarayoni hisoblanadi.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi ma‘lum bir munosabatlar tizimi sifatida xizmat ko‘rsatayotgan faoliyatning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi. Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o‘zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD) ma’lumotlariga qaraganda, global qo‘shilgan qiymat zanjirlari (GQQZ) xalqaro mehnat taqsimotida borgan sari rivojlanib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida korxonalarning GQQZga ulanishini nazarda tutuvchi jarayonlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda10. Hozirga kelib, xalqaro savdoning 80 foizi GQQZ orqali amalga oshirilib11, mazkur jarayonda transmilliy korporatsiyalar yetakchi rol 0‘ynamoqda12.



  1. Download 393.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling