Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi
Moliyaviy bozorning asosiy ishtirokchilari
Download 0.7 Mb.
|
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro moliyaviy bozor va globallashuv jarayonlari
- Valyuta bozorlari
- Jahon ssuda kapitallari bozori
6.2. Moliyaviy bozorning asosiy ishtirokchilari
Valyuta bozorining asosiy ishtirokchilari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: -markaziy banklar; -tijorat banklari; -investitsiya va pensiya fondlari; -eksport-import operatsiyalarni amalga oshiruvchi korxonalar; -valyuta birjalari; -valyuta operatsiyalari bilan shug‗ullanuvchi broker firmalari; -xususiy shaxslar. Fond bozorining asosiy ishtirokchilari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: -emitentlar, ya‘ni qimmatli qog‗ozlarni joylashtirilishi ustidan pul mablag‗larini jalb etuvchi korxona va tashkilotlar; -moliyaviy vositachilar (brokerlar va dilerlar). Ular emitentlar va investorlar o‗rtasida vositachilik funksiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalarga ega; -qimmatli qog‗ozlarning birja va birjadan tashqari bozori hamda fond birjalari va birjadan tashqari savdo tizimlari tegishli ravishda; -investorlar, ya‘ni vaqtincha bo‗sh pul sarmoyalariga ega hamda ularni qimmatli qog‗ozlarga joylashtirishdan manfaatdor bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslardir; -davlatning muvofiqlashtirish va nazorat organlari, ya‘ni Moliya Vazirligi, Markaziy bank, Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha komissiya va boshqalar; o‗z-o‗zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar, ya‘ni moliyaviy vositachilarning professional birlashmalari; -qimmatli qog‗ozlar bozorining infratuzilmasi, ya‘ni maslaxat va axborot firmalari, ro‗yxatga oluvchilar, depozitar va hisob-kitob kliring tizimlari. Xalqaro moliyaviy bozor va globallashuv jarayonlari Zamonaviy moliyaviy tizim global xarakterga ega. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining so‗nggi o‗n yilligi uning globallashuvining yuqori sur‘atlari bilan tavsiflanadi va ushbu jarayon iqtisodiyotning transmilliylashuvi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, transport infratuzilmasining rivojlanishi va boshqa geosisyosat omillari bilan bog‗langandir. Barcha ishtirokchilar (korxona va korporatsiyalardan tortib to davlatgacha)ning har qanday bozordagi faoliyati iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni qondirishga qaratilganligini aytib o‗tish zarur. Iqtisodiy manfaatning moddiy ifodasi bo‗lib oxir oqibatda iqtisodiy daromad (foyda) yoki moliyaviy natija hisoblanadi. Bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga kapital oqib o‗tishining ko‗lami qanchalik katta va uning chegaralari qanchalik keng bo‗lsa, xalqaro moliya bozorlariga shunchalik ko‗p operatsiyalar to‗g‗ri keladi. Xalqaro moliyaviy bozor tarkibiy tuzilishi Xalqaro moliyaviy markazlar- xalqaro valyuta, kredit, moliyaviy operatsiyalar hamda qimmatli qog‗ozlar va oltin bilan bitimlarni amalga oshiruvchi banklar va ixtisoslashgan moliya-kredit tashkilotlarining to‗plangan joyi tushuniladi. Dastlab ular sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar (AQSH, G‗arbiy Yevropa)da barpo etilgan. Keyinchalik esa ma‘lum omillarning ta‘siri ostida ularning joylashishi kengayib bormoqda. Agarda Tokio Yaponiyaning jahon bozoridagi raqobat kurashi borasidagi kuchayishi munosabati bilan moliyaviy markazga aylangan bo‗lsa, Singapur, Bagam orollari, Panama, Baxreyn kabi moliviy markazlar ushbuga past soliqlar, davlat aralashuvining deyarli yo‗qligi, liberal qonunchilik va operatsion xarajatlarning nisbatan pastligi tufayli aylangan. Moliyaviy markazlarning asl mohiyati turli mamlakatlar o‗rtasidagi kapital harakatining uzluksizligini ta‘minlashdan iboratdir. Biroq, moliyaviy markazlarni talabni qondirish mexanizmi sifatida ko‗rishning o‗zi maqsadga to‗liq javob bermaydi deb hisoblaymiz. Valyuta bozorlari - xorijiy valyutaning milliy valyutaga talab va taklif asosida xosil bo‘luvchi kurs bo‘yicha oldi-sotdisi amalga oshiriladigan markazlardir. Milliy valyuta bozorlari rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan barcha davlatlarda mavjud. Jahon fond bozorlari- aksiyalar , obligatsiyalar, opsionlar, fyucherslar kabi qimmatli qog‘ozlar bilan o‘zaro oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxona muassasalar va ishtirokchilarning jamlanmasidir. Jahon ssuda kapitallari bozori-xalqaro kredit operatsiyalari amalga oshiriladigan bozor yoki xalqaro ssuda kapitallari bozori. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling