Immigrant - muxojir, boshqa mamlakatdan ko‗chib kelgan kishi.
Immigratsion kvota - xorijiy fuqarolarni kirib kelishi davlat tomonidan miqdoriy cheklash.
Investor - o‗z nomidan va o‗z hisobidan mijozlarning topshirig‗iga binoan iqtisodiy faoliyatning turli sohalariga o‗z kapitalini qo‗yuvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Investitsion muhit - mamlakatlar iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning samarali aylanishi, zarur bo‗lgan shart-sharoitlar kompleksi.
Injiniring - ishlab chiqarishni ta‘minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob‘ektini qurib, ishga tushirish bo‗yicha xizmatlar sohasi.
Inkasso - mijoz (eksportyor) buyrug‗iga ko‗ra jo‗natilgan tovarlar yoki xizmatlar uchun importyordan to‗lovni qabul qilish va bu mablag‗larni eksportyor hisobiga o‗tkazish operatsiyasi.
Innovatsion faoliyat - yangi nazariy modelni bozor talabiga mos texnologiyatovarga aylantirishdan iborat bo‗lgan uzoq jarayondir.
Integratsiya - biror-bir elementlarni bir butunga birlashtirish. Iqtisodiyotda xo‗jalik hayotni baynalmilalashtirishning oliy shakli bo‗lib, bunga xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirish ob‘ektiv ravishda sabab bo‗ladi.
Inflyasiya - pulning qadrsizlanishi. Muomaladagi pul massasini tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan to‗liq ta‘minlanmasligidan kelib chiqadi. Inflyasiya tovar bahosining ochiqchasiga va yashirin ravishda oshib ketishiga olib keladi.
Informatsiya va texnologiyalar jahon bozori (ITJB) - intellektual faoliyat natijalari bo‗yicha ayirboshlashning xalqaro sohasi.
Islom taraqqiyot banki (ITB) - o‗z faoliyatini 1975 yilda boshladi. Nizom kapitalining miqdori OTBdan 5 marta kam. A‘zolari: Islom dini hukmron bo‗lgan mamlakatlar, ya‘ni Islom anjumanining deyarli barcha a‘zolari kiradi. Maqsadi: a‘zo mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo hamda sanoat kompaniyalari kapitallarini sarmoyalashdan iborat.
Iste‟mol savati - muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilikni ita‘minlashga etarli bo‗lgan miqdori. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxnavo ko‗tarilib, baholar o‗zgaradi. Aholining ko‗radigan zararini qoplash uchun hukumat tomonidan mamlakatda ―Iste‘mol savati‖ga kirgan mollar narxining o‗zgarishini o‗zganish. Ularning indekslarni belgilab borish va shunga mos holda aholi daromadlarini indekslashtirish lozim bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |