Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Download 0.7 Mb.
bet54/59
Sana18.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1784969
TuriУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Umumjahon banki - o‗zaro bir-biri bilan bog‗liq beshta institutdan tarkib topgan ko‗p tomonlama kredit beruvchi tashkilotdir.
Umumiy bozor - ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin ko‗chib o‗tishini ta‘minlanlovchi iqtisodiy integratsion ko‗rinish.
UST - Umumjahon savdo tashkiloti - xalqaro savdoni institutsional va huquqiy asosini tashkil etuvchi musaqil davlatlararo tashkilot.
Faktoring - bank yoki faktor-kompaniyalarning mahsulot yetkazib beruvchi va xaridor o‗rtasidagi hisob-kitoblar bo‗yicha moliyaviy talabini, ya‘ni qarzni keyinchalik xaridordan undirib olish yo‗li bilan to‗lash vositasidagi jami vositachilik operatsiyalar tushuniladi.
FAO - BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi sohasidagi tashkiloti, 1945 yilning 16 oktyabrida tashkil topdi. Hozirgi kunda bu tashkilotga rasman 160ga yaqin davlat a‘zodir.
Fiksing - bu har bir valyutaga talab va taklif hajmini navbatma-navbat solishtirish orqali valyutalarning banklararo kursini aniqlash va qayd etish jarayonidir.
Forvard - bitim imzolangandan keyin ikki kun ichida qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug‗urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo‗yicha olib borilgan banklararo valyuta-moliyaviy operatsiyalar tushuniladi.
Forfetirlash - bir kompaniyaning tijoriy huquqlarini boshqa kompaniyaga naqd to‗lov bilan ayirboshlashidir.
Franchayzing - bir kompaniyaning boshqa yirikroq yoki bosh kompaniyaning savdo markasi, tovar belgisi va boshqa atributlaridan foydalanishidir.
Fritred (erkin savdo) - xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatiga davlatning eng kam darajada aralashuvi natijasida o‗z faoliyatini erkin ravishda tanlashini nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosatdir.
Fyuchers - qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug‗urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo‗yicha fond birjasida bajariladigan tezkor muddatli valyutamoliyaviy operatsiyalar tushuniladi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) - yirik hukumatlararo valyuta-moliyaviy tashkilot bo‗lib, BMTning maxsuslashtirilgan muassasasi sifatida tartibga solish, maslahat berish va moliya-kredit sohasidagi vazifalarni bajaradi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling