Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi
Download 0.7 Mb.
|
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi
ISBN 978-9943-6058-7-9
UO‘K: 339.9 (2.100) KBK: 65.5.200 Э55 © «IQTISODIYOT», 2019. © Isadjanov A.A., Ismailova N.S., 2019. MUNDARIJA
SO„Z BOSHI O‗zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim bir jihatlaridan biri bu ochiq iqtisodiyotni shakillantirish uchun zarur bo‗lgan siyosiy, huquqiy va iqtisodiy masalalarni xal qilish va o‗zaro keng qamrovli jahon xo‗jaligiga integratsiyalashuv, hamda xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, chet davlatlar bilan o‗zaro ikkitomonlama va ko‗ptomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish bo‗ldi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida‖ mamlakatimizni globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokchi sifatida qatnashish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga o‗zining salmoqli ta‘sirini o‗tkazadigan jahon iqtisodiyoti rivojlanishining muhim tendensiyasi bu uning globallashuvidir. «Jahon iqtisodiyoti globallashuvi» fani ixtisoslik fanlari qatoriga kiradi. Fanni egallashda quyidagi jarayonlar va hodisalar haqida tushunchalar va ma‘lumotlar beriladi: jahon iqtisodiyotining globallashuvining xususiyatlari va rivojlanish omillari, jahon iqtisodiyoti global muammolari mohiyati, transmilliy korporatsiyalar va ularning globallashuv jarayonlarda tutgan o‗rni, jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi ziddiyatlar va tahdidlar, baynalminallashuv, transmilliylashuv va globallashuv jarayonlari, jahon iqtisodiyoti globallashuvining rivojlanish indikatorlari, jahon iqtisodiyoti globallashuvi rivojlanishining ekologik va innovatsion omillari. ―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi‖ fani magistrantlarni nazariy bilimlar, amaliy ko‗nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. O‗quv qo‗llanma tarkibi mantiqan uning maqsadidan kelib chiqqan holda mazkur fanning predmetining asoslarini, nazariy va amaliy jihatlarini uzviy bog‗liq holda yoritishga qaratilgan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling