Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar


Download 0.7 Mb.
bet29/59
Sana18.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1784969
TuriУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Bog'liq
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

5.4. Xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar Global iqtisodiyotda muhim institutsional tuzulmalar sifatida ―Katta yettilik‖ guruhi (G-7), ―Katta yigirmalik‖ guruhi (G-20) keltirish mumkin.
G-7 (Great 7 – Katta yettilik) Yaponiya, Kanada, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya kabi mamlakatlardan tashkil topgan. Aslida ―Katta yettilik‖ rasmiy maqoga ega emas: uning kotibiyati ham, boshqaruv idoralari ham yo‗q. G-7 tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ham majburiy kuchga emas. Biroq, yettita ittifoqdosh mamlakatlar ularning mushtarak manfatlariga xizmat qiluvchi qat‘iy va buzilmas yozilmagan tartib-qoidalarga bo‗ysunadi.
―Katta yigirmalik‖ guruhi (G-20) 1999- yilda global iqtisodiyotdagi asosiy muammolarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan.
Ushbu guruh tarkibiga yalpi ichki mahsuloti hajmi jahon yalpi ichki mahsulotning 90 foizini tashkil etadigan 20 ta rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardan iborat: Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Meksika, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni,
AQSH, Turkiya, Fransiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi.
―Katta yigirmalik‖ guruhi faoliyati global moliyaviy-iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan bo‗lib, shu jumladan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish bo‗yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bu boradagi muammolarni birgalikda hal etish maqsadida bir necha sammitlar o‗tkazdi:
AQSH (Vashington, 2008- yil noyabr; Pittsburg, 2009- yil sentyabr);
Buyuk Britaniya (London, 2009- yil aprel);
Kanada (Toronto, 2010- yil iyun);
Janubiy Koreya (Seul, 2010- yil noyabr) va boshqa davlatlarda bo‗lib o‗tgan.
Tayanch so„zlar: Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, Mintaqaviy birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, nohukumat nodavlat tashkilotlari, institutsional omillar, iqtisodiy siyosat, barqaror rivojlanish.
Nazorat savollari:

  1. Jahon xo‗jaligining rivojlanish bosqichlariga tavsif bering, ularning farqlanuvchi va o‗xshash tomonlari nimada?

  2. Xalqaro iqtisodiy integratsiya atamasini ta‘riflab bering va uning mohiyatini ochib bering.

  3. Iqtisodiy integratsiya shart-sharoitlari va maqsadlari qanday?

  4. Global va mintaqaviy ingratsiyalashuv nima? Milliy firma va kompaniyalar mamlakat integratsiyalashuv jarayonlariga qatnashuvidan qanday zarar yoki foyda ko‗rishlari mumkin?

  5. ―Yangi mintaqalashuv‖ nimani anglatadi? Nega u ko‗pgina hollarda ―strategik mintaqalashuv‖ deb ataladi?

  6. Megamintaqaviy integratsiyaning namoyon bo‗lish shakllarini aytib bering. Jahonning yetakchi makromintaqalarini sanab bering. Ular AQSH va global raqobatning boshqa markazlarining geoiqtisodiy manfaatlari bilan qanday bog‗liq? 6-bob. GLOBAL MOLIYA VA VALYUTA TIZIMINING

SHAKLLANISHI
Reja

    1. Jahon moliyaviy bozorlarning maqsadi va asosiy vazifalari

    2. Moliyaviy bozorning asosiy ishtirokchilari

    3. Xalqaro moliyaviy bozor va globallashuv jarayonlari

    4. Jahon kapital bozori tahlili. Kapital eksporti - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ilg‗or shakli sifatida

    5. Jahon valyuta tizimini shakllanishi


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling