Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi


“Innovatsion iqtisodiyotning” xususiyatlari va rivojlanish jihatlari


Download 0.7 Mb.
bet35/59
Sana18.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1784969
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

7.2. “Innovatsion iqtisodiyotning” xususiyatlari va rivojlanish jihatlari
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan mamlakatimizni yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlar bo‗yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljalangan «Harakatlar strategiyasi»ning uchinchi yo‘alishi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan bo‟lib, bunda iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri ekanligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig‗ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‗magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‗yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, 2017-2021 yillarga mo‗ljallangan mamlakatni yanada taraqqiy ettirishning beshta ustuvor yo‗nalishlarning yurtimizda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganida yaqqol ko‗rishimiz mumkin. Globallashuv sharoitida mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, innovatsiyalarni keng joriy etish va shular asosida resurslardan oqilona foydalanish barqaror rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirishning garovidir.
7.3. “Innovatsion iqtisodiyotning” shakllanishida axborot-
kommunikatsion texnologiyalarning o„rni va uning rivojlanish tendensiyalari
An‘anaviy iqtisodiyotdan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o‗tish ta‘lim, innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga (AKT) uzoq muddatli investitsiyalar sarflashni, shuningdek, resurslarni samarali yo‗naltirish va joylashtirishni ta‘minlaydigan tegishli iqtisodiy hamda institutsional sharoitlarni talab etmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, zamonaviy iqtisodiyotning innovatsion yo‗nalishdagi rivojlanishi, asosan, yuqori texnologiyalarga asoslangan kichik firma va kompaniyalar tufayli amalga oshmoqda. Xolisona aytganda, kichik biznes korxonalari, start-up, inkubator singari laborotoriyalar innovatsion jarayonlarni rivojlantirish uchun tabiiy va qulay soha hisoblanadi. Shu tufayli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida innovatsion g‗oya va ishlanmalarni qo‗llab-quvvatlash nuqtai nazaridan davom ettirish, makroiqtisodiy darajada resurslarni tejash, ayniqsa nomoddiy resurslardan samarali foydalanishga katta e‘tibor qaratish lozim. O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo‗naltirilgan tarkibiy o‗zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini asosiy ustuvor yo‗nalish sifatida davom ettirishni taqozo etib, istiqbolli iqtisodiyot sifatida innovatsion iqtisodiyotni nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.
Innovatsion iqtisodiyotga erishish uchun: birinchi navbatda, ta‘lim, fan va ishlab chiqarish o‗rtasida hamkorlik munosabatlarini o‗rnatish; ikkinchidan, hamkorlik munosabatlaridan kelib chiqqan holda korxona tomonidan innovatsion mahsulot ishlab chiqarishni moliyalashtirish; uchinchidan, fan-texnika yutuqlarini korxona ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish imkoniyatini yaratish; to‗rtinchidan, innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga imtiyozlarni yaratish choratadbirlarini ishlab chiqish lozim.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling