Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Download 0.7 Mb.
bet43/59
Sana18.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1784969
TuriУчебное пособие
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Bank o„tkazmalari - o‗tkazuvchi (to‗lovchi) talabiga muvofiq uning hisobidan oluvchi (benifitsiar) foydasiga bir bank tomonidan boshqa bankka to‗lov talablari vositasida bajariladigan hisob-kitob ko‗rinishi.
Barter - tovarni tovarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ayirboshlanadigan savdo bitimi.
Bojxona boji - tovar davlat chegarasini kesib o‗tganda solinadigan maxsus pul solig‗i.
Bojxona ittifoqi - ikki va undan ortiq davlatlarning bir-biriga va uchinchi mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan tarif siyosatini o‗tkazishdir.
Bojxona tarifi - tovar oqimlarining chegarani kesib o‗tishida davlat tomonidan olinadigan soliq miqdori ko‗rsatilgan tartiblangan tovarlar ro‗yxati.
Bufer zahiralari - salbiy iqtisodiy tamoyillarning milliy iqtisodiyotga ta‘siri va favqulodda vaziyatlar uchun moddiy boyliklarning jami.
Valyuta - ma‘lum bir davlatning qonun bilan o‗rnatilgan pul vositasi (milliy valyuta), bir yoki bir necha yetakchi mamlakatlarning valyutasi ko‗rinishidagi jahon rezerv pullari. Xalqaro valyuta fondi va Yevropa valyuta tizimi a‘zolari tomonidan ko‗p tomonlama hisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birligi.
Valyuta arbitraji - svoplar va ssuda kapitali bozorida bitimlar birgalikda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi banklararo operatsiyalar.
Valyuta bozorlari - milliy valyuta ishtirokida talab va taklif ta‘sirida yuzaga keluvchi valyuta kursiga muvofiq xorijiy valyutalarni oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlar.
Valyuta intervensiyasi - davlat organlari tomonidan milliy bozorda xorijiy valyutani sotish va sotib olish.
Valyuta kliringi - ikki va undan ortiq hukumatlar o‗rtasida moliyaviy talablar va majburiyatlarni o‗zaro hisobga olish haqidagi kelishuv.
Valyuta kotirovkasi - bir valyuta bahosini boshqa valyutalarda ifodalanishining sonli yozuvi.
Valyuta kursi - milliy valyutalar o‗rtasidagi nisbat, bir mamlakat valyutasining xorijiy pul birliklarida ifodalanishi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling