Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Download 0.7 Mb.
bet44/59
Sana18.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1784969
TuriУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Valyuta pozitsiyasi - bankning xorijiy valyutaga bo‗lgan talabi va majburiyatlari nisbati.
Valyuta rejimi - valyuta ayirboshlash kursini aniqlash asosidagi mexanizm.
Valyuta rezervlari - xorijiy valyuta, oltin, SDR, XVFdagi rezerv pozitsiya ko‗rinishidagi valyuta-likvid vositalarning jami.
Valyuta siyosati - mamlakatda xorijiy valyutalarning pul-kredit aylanmasini tartibga solishga yo‗naltirilgan tadbirlar tizimi.
Valyuta xatari - valyuta kursi o‗zgarishi oqibatida eksportyor va importyorning zarar ko‗rishi lozim bo‗lgan holati.
Valyuta cheklashlari - xorij valyutasi va boshqa qimmatli narsalar (oltin) bo‗yicha operatsiyalarni cheklash uchun yo‗naltirilgan ma‘muriy va qonuniy tartibda belgilangan me‘yoriy qoidalar tizimi.
Valyutaning konvertirlanganligi - milliy valyutani xorijiy valyutalarga rezidentlar uchun ham, rezident bo‗lmaganlar uchun ham to‗lov balansining joriy operatsiyalari bo‗yicha almashtirish imkoniyati.
Veksel - belgilangan ko‗rinishda tuzilgan yozma qarzdorlik majburiyati, veksel egasi ko‗rsatilgan muddat tugagandan so‗ng belgilangan pul summasini qarzdordan talab qilishga haqlidir.
GATT - Savdo va tariflar bo‗yicha Bosh kelishuv - tashqi savdo operatsiyalarini o‗tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‗lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‗yicha xalqaro akt.
Global muammolar - olamshumul iqtisodiy, ijtimoyi-siyosiy va ahamiyatga ega bo‗lgan va o‗z yechimini topishida jahondagi barcha mamlakatlarning birgalikdagi harakatlarini talab etuvchi sivilizatsiyamizning eng dolzarb masalalari.
Davlat buyurtmasi - davlat tomomnidan muayyan mahsulot turini tayyorlash va uni iste‘molchiga yetkazib berish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ma‘lum ishni bajarish bo‗yicha korxona va xo‗jaliklarga beriladigan topshiriq. U birinchi navbatdagi ijtimoiy ehtiyojlarni kafolatlaydi.
Davlat byudjeti - davlat daromadlari va xarajatlarining pul bilan ifodalanadigan yillik majmui.
Davlat qarzi - davlatning o‗z fuqarolari, banklar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, xorij mamlakatlaridan qarzi. O‗z manbaiga qarab, davlat qarzlariga, ichki va tashqi davlat qarziga bo‗linadi. Davlat o‗z harajatlarini daromadi bilan qoplay olmay qarz oladi, qarz hisobidan o‗z byudjetining kamomadini vaqtincha qoplaydi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling