Davlat mulki - davlat vazifalari bajaraishga xizmat qiluvchi davlat korxona va muassasalarining mulki.
“Daues plani” - 1924 yilda qabul qilingan bo‗lib, Chikago banklari direktori Ch.Daues (Morgan banki bilan chambarchas bog‗liq) tomonidan ishlab chiqilgan rejadir. Birinchi Jahon urushidan keyingi yillarda Germaniyaga g‗olib davlatlar (Angliya, Fransiya va boshqalar) tomonidan yuklangan harbiy tovonni (reparatsion to‗lov) yengillashtirish va shu yo‗l bilan Germaniya iqtisodiyotini tiklashdir. Rejaga ko‗ra, G‗arbiy Yevropaning yetakchi davlatlari 200 mln. Dollarli (uning 110 mln.
AQSHniki) xalqaro zayom bergan bo‗lib. Bu yordam birinchi galda mamlakatning og‗ir sanoatini rivojlantirishga qaratilgan edi.
"Demografik portlash" - jahonning kam rivojlangan va kambag‗al mamlakatlarida nazorat qilib bo‗lmaydigan darajada aholi sonini o‗sishi.
Devalvatsiya - milliy valyuta kursini xorijiy valyutaga nisbatan pasaytirilishi (teskari jarayon - revalvatsiya).
Demping - tovarlarni tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon bahoda sotish. Tashqi bozorni egallash uchun mamlakatlar o‗z tovarini ba‘zan ishlab chiqarish harajatlaridan ham past (arzon) baholarda chetga chiqarishi mumkin.
Dollar - dollar, birinchidan AQSH pul birligi, 100 sentga teng. 1786 yilda kumush dollar, 1965 yilda esa oltin, kumush, mis-nikelli dollar zarb qilingan. AQSH dollari xalqaro valyuta hisob-kitoblarida keng qo‗llanadi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5, 2, 1 dollarli qog‗oz pullar; 1 va 0.5 dollarli va 5, 2, 2 sentli mis tangalar ishlatiladi. Dollar, ikkinchidan Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Liberiya, Efiopiya, Malayziya, Singapur, Bermud orollari, Britaniya Gondurasi kabi davlatlarda pul birligi hisoblanadi.
Yevro - yevropa mamlakatlari uchun hisob-kitob-to‗lov birligi bo‗lib, YIga a‘zo mamlakatlar hududida EKYU o‗rniga joriy etilgan.
Yevropa valyuta tizimi (YVT) - YI a‘zolarining hududiy valyuta guruhi.
Yevropa Ittifoqi (YI) - G‗arbiy Yevropaning 25 ta davlatini birlashtiruvchi iqtisodiy va siyosiy guruh.
Do'stlaringiz bilan baham: |