Yevropa tiklash va taraqqiyot banki (YTTB) - o‗z faoliyatini 1991 yili boshlandi, uning ta‘sischilari 34 mamlakat hisoblanadi. YTTBning asosiy vazifalari loyihalarni moliyalashtirish va kreditlash, xususiy kapital qo‗yilmalarga kafolatlar berish, iqtisodiyot tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqarish.
Yevropa erkin savdo uyushmasi (YESU) - Yevropadagi qator yetakchi sanoati va savdosi rivojlangan mamlakatlarning savdo-iqtisodiy tashkiloti bo‗lib, 1960 yilda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tashabbusi bilan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati davlatlariga posangi sifatida tashkil topdi. ―Umumiy bozor‖ga qo‗shilishi munosabati bilan 1973 yili Buyuk Britaniya va Daniya, 1986 yili Portugaliya YESUdan chiqdi. Bu uyushmaning hozirgi a‘zolari Avstriya, Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shvetsariya, Finlyandiya. Kotibiyatning shtab-kvartirasi Jeneva (Shveysariya) shahridir.
Jami ijtimoiy mahsulot - muayyan davr mobaynida jamiyatda hosil qilingan barcha iste‘mol qiymatlari yig‗indisi. Jami ijtimoiy mahsulotni ayrim kishilar, korxonalar, tarmoqlar va hokazolarning 1 yil davomida yaratgan mahsulot majmui sifatida ta‘riflash mumkin.
Jahon bahosi - talab va taklif egri chiziqlari ta‘sirini hisobga olgan holda milliy narx ko‗rsatkichlari ta‘sirida xalqaro savdo markazlarida hosil bo‗ladi.
Jahon bozori - moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko‗rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol bosqichlarni o‗z ichiga oluvchi XIMlarning sub‘ektlarini (milliy va hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar) o‗zaro iqtisodiy ta‘sirlanishidagi global muhitidir.
Jahon valyuta-moliya tizimi (JVMT) - xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida uzoq davom etgan evolyusiya rivojlanish bosqichlar natijasida shakllangan va davlatlararo bitimlar orqali mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etishdagi ko‗rinishdir.
Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) - milliy xo‗jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta‘sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o‗rtasida jami migratsion aylanmasi.
Jahon puli - xalqaro miqyosda hamma uchun umumiy xarid vositasi, umumiy to‗lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalminal qiymat ifodasi bo‗lgan puldir. Jahon puli vazifasini dastlab ma‘lum vazifadagi oltin yombilari bajargan, so‗ngra xalqaro miqyosda obro-e‘tiborli milliy pul (dollar, funt sterling) jahon pullari deb e‘tirof etilgan.
Import - ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar kiritish va xizmat keltirish. Import miqdori va takribi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‗rniga bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |