Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS)


Download 0.7 Mb.
bet48/59
Sana18.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1784969
TuriУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Bog'liq
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS) - BMTning asosiy boshqaruv organlaridan biri bo‗lib, uning XIMlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
Iqtisodiy integratsiya - hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo‗li orqali milliy xo‗jalik komplekslarini o‗zaro yaqinlashtirish va bir-biriga kirib borish jarayonlari.
Iqtisodiy ittifoq - iqtisodiy integratsiyaning oliy ko‗rinishi bo‗lib, u umumiy huquqiy me‘yorlar, soliq bazasini soddalashtirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda yagona standartlarni joriy etish, yagona valyutaga o‗tish kabilar bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) - tashkilotga 10 ta davlat: Turkiya,
Eron, Pokiston (1985), Afg‗oniston, Ozarbayjon, Qozog‗iston, O‗zbekiston, Turkmaniston. Qirg‗iziston, Tojikiston (1992) a‘zo bo‗lib, maqsad mamlakatlar o‗rtasida fan va texnika, qishloq xo‗jaligi aloqalarini rivojlantirish.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) - tashkilot 1961 yilda AQSH tashabbusi bilan mamlakatlarning yagona iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va nazorat qilish maqsadida tuzilgan. Uning a‘zolari AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, YIga kiruvchi 15 mamlakat, shuningdek, Islandiya, Norvegiya, Shveysariya, Turkiya hisoblanadi. Tashkilot quyidagi muammolarni: jahon iqtisodiyotini ahvoli va kelajagi, rivojlanish yo‗llari, xalqaro savdoni erkinlashtirish va tartibga solish masalalarini, sanoati rivojlangan mamlakatlar hamdo bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan yangi davlatlar bilan bo‗ladigan o‗zaro munosabatlarni o‗rganadi va hal etadi.
Kartel - tashqi savdo assotsiatsiyasi (uning a‘zolari alohida tovarlar guruhi bo‗yicha ishlab chiqarish va narx siyosatini muvofiqlashtirib olishadi).
Kvotalash - davlat tomonidan eksport va importning qiymat va jismoniy hajmini to‗g‗ridan-to‗g‗ri cheklash siyosati .
Kliring - qarama-qarshi tovar oqimlarida valyutadan foydalanmasdan (naqdsiz) vositachi orqali o‗zaro hisob-kitobni nazarda tutuvchi savdo operatsiyasi.
KOKOM - 1950 yilning 1 yanvarida tuzilgan. KOKOM ko‗p tomonlama eksport nazoratining muvofiqlashtiruvchi (koordinatsion) komitet hisoblanib, unga jahonning 16 davlati. NATOning 15 a‘zosi (Islanidiyadan tashqari) va Yaponiya a‘zodir. Vazifasi: sobiq SSSR va sotsialistik davlatlarga strategik tovarlarni sotmaslik ustidan nazoratni olib borishdir. Shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan.
Konversiya - harbiy sanoat kompleksi korxonalarini fuqarolarga mo‗ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishga o‗tkazish jarayoni.
Konvertirlangan (erkin almashtiriladigan) valyuta - har qanday xorijiy mamlakatlariga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi mumkin bo‗lgan valyutalar (AQSH, Kanada dollari, Angliya funt sterlingi, YEVRO, Yaponiya iyenasi).

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling