Maxsus qarz olish huquqi - xalqaro valyuta fondining maxsus hisoblaridagi kredit yozuvlari ko‗rinishidagi xalqaro aktivlar (ya‘ni zahira va to‗lov vositalar) bo‗lib, ularning miqdori XVFga a‘zo-mamlakatlarning kvotalariga mos keladi.
Mag„rib davlatlari bo„yicha iqtisodiy tashkilot - bu tashkilot 1974 yilda tashkil topgan bo‗lib Mag‗rib mamlakatlari (Jazoir, Liviya, Marokash va Tunis) bo‗yicha umumiqtisodiy konsultativ komitet nomi bilan ham mashhurdir.
Monetarizm - bu nazariyaga ko‗ra, davlat tomonidan pul massasini o‗sish sur‘atlari barqaror ushlab turiladi (yiliga 3-5%.atrofida) Davlat harajatlariniqis qartirish xususiy kapital uchun bir iqtisodiyotdan boshqasiga erkin oqib o‗tish imkoniyatlarining ochadi. Bu esa o‗z navbatida mamlakatda yangi ish joylarini yaratish va aholi turmush farovonligini oshirish imkoniyatinii beradi.
Monitoring (xo„jalik) - jami iqtisodiy ko‗rsatkichlarni kuzatish va staistik ishlov berish jarayoni.
Monopoliya - biror narsaga nisbatan favqulodda huquq. Masalan, tovarlar ishlab chiqarishga, savdo qilishga, tashqi savdoga, xizmatlar ko‗rsatishga va boshqalar.
Mutlaq ustunlik - xo‗jalik sub‘ektlari (mamlakatlar)ning ishlab chiqarish xarajatlari miqdorining turlichaligidan (masalan, bir jug‗rofiy sharoitga ega bo‗lmaslik) foydalanishi tufayli ko‗rgan foydasi.
Narx - tovarlarning ijtimoiy foydaliligi va qiymatining pul birligida ifodalanishi.
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) - 1960 yilda tashkil topdi. 1993 yilda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 13 mamlakatini (Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Eron, Iroq, Katar, Quvayt, Liviya, Nigeriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Ekvador) birlashtirdi.
Nisbiy ustunlik - xo‗jalik sub‘ektlari (mamlakatlar)ning ishlab chiqarish xarajatlari yig‗indisidagi nisbiy farqdan foydalanishi tufayli ko‗rgan foydasi.
Nou-xau - mualliflik guvohnomasi (patent) bilan himoyalanmagan ishlab chiqarish tajribasi va mahorat sirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |