Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Sharqiy Yevropa uchun rekonstruksiya va taraqqiyot Yevropa banki


Download 0.7 Mb.
bet57/59
Sana18.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1784969
TuriУчебное пособие
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Sharqiy Yevropa uchun rekonstruksiya va taraqqiyot Yevropa banki - Sharqiy Yevropa mamlakatlariga, jumladan Rossiya Federatsiyasiga kredit berish orqali ularning taraqqiyotiga ko‗maklashuvini ko‗zda tutgan Yevropa banki. 1990 yilning yanvarida tashkil topgan. Mazkur bank 12 davlat ishtirokida tuzilgan.
Shimoliy Amerika mamlakatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (NAFTA) - tashkilot 1989 yilda tashkil topdi. Shimoliy Amerikaning 3 yirik davlatini (AQSH, Kanada, Meksika) birlashtirgan.
EKOVAS - BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri bo‗lib, rasman 1973 yilda tashkil topdi. G‗arbiy Afrikaning 16 davlatini birlashtirgan.
Eksport kvotasi - mamlakat eksporti qiymatining yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ga nisbati (foizlarda).
Embargo - alohida mamlakat yoki davlatlar guruhi bilan savdoni butunlayin ta‘qiqlash siyosati.
Erkin iqtisodiy hududlar - mamlakatning shunday hududiki, bu erga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiksiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortishdan ozod etiladi, ya‘ni - bu milliy iqtisodiyotning bir qismini tashkil etib, mamlakatning boshqa hududlarida qo‗llanilmaydigan o‗ziga xos imtiyozlar va rag‗batlantirishlar tizimidan keng foydalaniladi.
Erkin savdo hududlari (ESH) - preferensial hudud hisoblanib, uning doirasida bojxona va miqdoriy cheklashlardan holi savdo tartibiga rioya qilinadi.
ESKATO - BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri hisoblanadi. Osiyo va Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlarning (31 ta davlat) iqtisodiy hamkorlik jamiyati. ESKATO 1947-74 yillarda Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari hamjamiyati ham deb yuritilgan. Unga RF, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya (Shveytsariya konsultativ statusga ega) kabi davlatlar ham a‘zodir.
Yung plani” - Germaniya uchun ikkinchi reparatsion to‗lov (xarbiy to‗lovlar) rejasi bo‗lib, Daues rejasining hammualliflari O.Yung tomonidan ishlab chiqilgan.
Rejaga ko‗ra Germaniya g‗olib davlatlarga 113,9 mlrd. marka tovon to‗lashi ko‗rsatilgan edi. Jahon kapitalizmining umumiy iqtisodiy krizis yillarida (1929-1933 ) bu reja amalda bajarilmadi. Lozanna konferensiyasi esa ―Yung plani‖ni mutlaqo bekor qildi (AQSHning roli katta bo‗ldi). Germaniyada harbiy va og‗ir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish juda katta tezlikda rivojlanish davriga qadam qo‗ydi.
YUNKTAD - bu tashkilot 1964- yilning 30- dekabrida tashkil topgan bo‗lib, unga BMTning barcha a‘zo mamlakatlari va boshqa davlatlar ham kiradi. Vazifasi: xalqaro savqdoning rivojlanishiga xomiylik qilish, uning xuquqiy asoslarini ishlab chiqish, xalqaro savdo va shuningdek xalqaro savdo bilan bog‗liq bo‗lgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling