Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining
Download 155.06 Kb.
|
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi
Ekologik muammolar.
Hozirgi vaqtda global ekologik tizimning degradatsiyalanishi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Ushbu jarayonni shartli ravishda kuydagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida atrof muhitning degratsiyalanishi; atrof muhitni inson faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishi; atrof muhitni ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi; Shunday qilib, ishlab chiqarishning o‘sishi, ilmiy - texnik inqilob natijalari va tabiat imkoniyatlaridan o‘ylamay foydalanish dunyo olidida global ekologik inqiroz oldida turganligini bildirmoqda. Bunga isbot sifatida Shimoliy yarim shaming o‘zida so‘nggi yillarda tabiiy ofatlar suv bosish, kuchli shamol, quruqlashish xolatlarini 2,5 barobar oshganini, Arktika muzlarining qalinligi o‘zgarganligini keltirish mumkin. Oxirgi yillarda qorning erishi tezlashib, yiliga 10 sm ga etgan va bu jarayon kundan kunga o‘sib bormoqda. Ishlab chiqarish xajmi va sur’atini nazoratsiz o‘sishini davom etilishi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan tabiatdan o‘ylamay foydalanish keyinchalik insonlarga zarur bo‘lgan resurslarni ham topish imkonsizliligiga olib kelishi mumkinligini tushunish zarur. Resurslarni to‘xtamay va betartib iste’mol qilinishi insoniyatni jahon inqirozi poyonida turganligini anglatmoqda. Planetaning ekologik ifloslanishiga alohida hissa qo‘shayotgan manbalar butan, gaz, avtomobil gazlari, ximikatlardir. Atmosferaga uglekislorod gazi kuniga 5 milliard tonna miqdorida chiqarilmoqda. Natijada atmosferaning ozon qatlamini yo‘qolishi muammosi vujudga kelmoqda. 1992 yili AQSH olimlarining fikriga ko‘ra, ozon qatlami Shimoliy yarim sharda 30-40 % ga kamaygani tasdiqlangan. Yerlarning saxrolashishi davom etishi bir milliarddan ortiq odamning hayotini xavf ostiga solmoqda. Dunyo mamlakatlari bu jarayon oqibatida ko‘rayotgan zarari har yili 42 milliard AQSH dollarini tashkil etmoqda. Muammo global xususiyatga ega bo‘lib Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham juda dolzarb hisoblanadi. Energetik muammolar. 1973 yilda yuz bergan energetika inqirozi va uning oqibatlari hozirgi kungacha sezilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, hozirgi kundagi yoqilg‘i iste’moli hajmida (agar yoqilg‘i iste’molining hozirgi kundagi hajmi o‘zgarmasa) Yer sayyorasida shu kungacha aniqlangan yoqilg‘i zaxiralari yana 150 yilga etishi mumkin. Xususan, neft zaxiralari 35 yilga, tabiiy gaz - 50 yilga va ko‘mir 425 yilga etadi. Ma‘lumki, qazilma boyliklar konlari bir tekisda joylashmagan. Jahon neftining 35 % va tabiiy gazning 17 % O‘rta Sharqda jamlangan bo‘lib, Shimoliy Amerika ham ushbu turdagi yoqilg‘i zaxiralariga boy dir. Jahon tabiy gaz zaxiralari esa neft zaxiralaridan ko‘ra nomutanosib joylashgan bo‘lib - atigi uchta davlatga (Rossiya, Eron va Qatar) 60% to‘g‘ri keladi. 2007 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra jahon bo‘yicha tabiiy gaz zaxiralari 175.1 trln.kub.m.ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining hududlari ham neft va tabiiy gaz bo‘yicha yuqori potensialga ega, zero respublika hududining qariyb 60 % i istiqbolga egadir. Neft va tabiiy gazga boy bo‘lgan bir qator mintaqalarda (Ustyurt, Buxoro-Xiva, Surxondaryo va Farg‘ona) ko‘plab konlar ochilgan. Ma’lumki, hozirgi zamonda yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talab butun dunyoda oshib bormoqda. Shu tariqa, jahon va milliy tabiiy zaxiralarning kamayib borish tendensiyasining ob‘ektiv jihatlari, atrof muhitning ifloslanib borishi, neft-gaz qazib chiqarishning globallashuvi, sanoati rivojlangan davlatlar tomonidan uglevodorod xom - ashyo bilan o‘zini ta’minlanishining pasayib borishi, neft va gaz narxlarining tez o‘sib ketishi natijasida va to‘lash qobiliyatga ega yirik iste’molchilarning paydo bo‘lishi global energetik xavfsilik muammolarini kelib chiqishiga olib kelayapti 17. Download 155.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling