Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
Qisqacha xulosalar
Tashkilot –ijtimoiy birlik (jamoa) bo’lib, uning maqsadlari mavjud hamda tashkilot faoliyati unga yo’naltirilgan bo’ladi. Tashkilotlar o’z maqsadlariga erishishi uchun inson resurslari, xom ashyo va axborotlar bilan bog’liq xarajatlar qiladilar. Insonning murakkab, ko’p funkstiyali, dinamik tizimdagi (buni tashkilot o’zida namoyon etadi) xatti-harakati alohida qonunlarga bo’ysunadi. Mazkur holatda 33 tashkilot a’zolarining shaxsiy manfaatlarini va tashkilot manfaatlarini personal auditi orqali aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Audit – tashkilotning operastiyalarini mustaqil baholash bo’yicha professional faoliyat. Auditorlik standartlari auditorlik faoliyatini tartibga solish, auditorlik nazoratlarining yuqori sifatini ta’minlash masalalarini hal etishga yo’naltirilgan. Standartlar bajariladigan ish sifatining o’lchovi bo’lib, mijozlar va jamoatchilik kutayotgan auditorlik ishining bajarilishi va sifatining minimal darajasini o’rnatadi. Auditning bir qancha turlari mavjud bo’lib, ularga tashqi va ichki audit, majburiy va tashabbus qilinadigan audit, muntazam va bir martalik auditlarni misol qilish mumkin. Jahon amaliyotida auditorlik faoliyatining uchta asosiy yo’nalishini ajratish mumkin, ya’ni moliyaviy audit, davlat auditi, boshqaruv auditi. Bunday auditlarni o’tqazuvchi shaxs auditor deb ataladi. Auditor – qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beruvchi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun belgilangan tartibda attestastiyadan o’tgan jismoniy shaxs, ya’ni audit o’tkazish uchun malakaga ega bo’lgan va boshqaruv tizimidagi bevosita o’lchab bo’lmaydigan obyektlar tahlilini o’tkazish va baholashga qodir bo’lgan mutaxassisdir. Auditning asosiy vazifasi – mijozni o’tkaziltgan diagnostik tadqiqot asosida tahliliy axborot bilan ta’minlash. Diagnostik tadqiqot xususiyatlari auditning umumiy yo’nalishlarini belgilab beradi. Diagnostik tadqiqot yo’nalishi uning ehtimoliy vositalarini va tekshirish usullarini belgilab beradi. Auditor – qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beruvchi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun belgilangan tartibda attestastiyadan o’tgan jismoniy shaxs, ya’ni audit o’tkazish uchun malakaga ega bo’lgan va boshqaruv tizimidagi bevosita o’lchab bo’lmaydigan obyektlar tahlilini o’tkazish va baholashga qodir bo’lgan mutaxassisdir. Kadrlar auditi tor va keng ma’noda qo’llaniladi. Birinchi holatda kadrlar auditi deganda xodimlarni kompleks baholash, ikkinchi holatda esa personalni boshqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlarini tahlil qilish nazarda tutiladi. Shunday ekan, 34 personal auditi predmeti bo’lib tashkilotni boshqarish jarayonining barcha tarkibiy qismlari hamda personalni boshqarish funkstional jarayonlari hisoblanadi Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling