211
Qisqacha xulosalar
Personalni boshqarish xizmati faoliyati auditining maqsadi – tashkilotning
avvalgi yillardagi faoliyati natijalari, boshqa tashkilotlarning natijalari va tashkilot
maqsadlariga nisbatan kadrlarga oid faoliyat dasturlari bilan bog’liq xarajatlar va
manfaatlarni baholashdir.
Kadrlar xizmati faoliyatini baholash – bu kadrlar faoliyati dasturlari bilan bog’liq
tizimli, rasmiylashlirilgan aniq jarayon bo’lib, xarajatlar va foyda foydani o’lchashga
hamda natijalarni o’tgan davrda korxona faoliyatining yakunlari, boshqa korxonalar
yakunlari va korxona maqsadlari bilan solishtirishga yo’naltirilgan.
Personalni boshqarish xizmati faoliyatining muhim yo’nalishlari mavjud bo’lib, ular
personal bilan bog’liq muammolarni aniqlash va yechish bo’yicha menejerlarga
tavsiyalar va maslahatlar berish, menejerlar diqqatiga mehnat munosabatlari bilan
bog’liq korxonaning umumiy falsafasini, yuridik mazmuni va strategiyasini yetqazish,
menejerlarga mehnat munosabatlari sohasidagi tavsiyalar va maslahatlarni berish,
korxonaning barcha xodimlari o’rtasidagi ketma-ket va muvofiqlashtirilgan
munosabatlarni o’rnatish, shikoyatlarni ko’rib chiqish nazoratini amalga oshirish,
menejerlarga shtat siyosati va u bilan bog’liq muammolar bo’yicha tavsiyalar va
maslahatlar berishdan iborat bo’lishi mumkin.
Personalni boshqarish bo’limi faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari
subyektiv
va obyektiv bo’lishi mumkin. Bu baholash mezonlarini guruhlashda iqtisodiy
samardorlik, moslik darajasi ko’rsatkichlari, xodimlarning qoniqish darajasi,
xizmatchilar ishi samardorligining bilvosita ko’rsatkichlari hisobga olinadi.
Personalni boshqarish xizmati faoliyati natijalarini o’lchashning bir nechta
modellari mavjud, ulardan keng tarqalganlari sifatida Ulrix modeli (bunday xizmatlar
natijalarini o’lchashning asaoiy yo’nalishlarini beradi) va Djek Fillips modeli
(personalga sarflangan kapital qaytimini o’lchash uchun parametrlarni beradi (HR
ROI))ni misol qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: