Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzilishi.
11
Strategik marketing rejasining maqsadi - firmaning uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil bayon tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga aylanishi kerak. Strategik marketing rejasini ishlab chiqishda har bir bosqichning uzviyligi va o’zaro mantiqiy bog’liqligini inobatga olish lozimdir. Quyida rejaning umumiy tuzilishini va strategik rejalashtirishdan kutiladigan foydalarni ko’rib chiqamiz.
11 ErgashxodjaevaSh.J. Strategik marketing-2. –T.:TDIU, 2010. 27
Korxona maqsadlari Marketing taxlili Vaziyat taxlili SWOT - taxlil Taklif
Marketing maqsadlari va strategiyalari Ko’zda tutilayotgan natijalarni baxolash Alternativ terma rejalar
Reja-dastur Baxolash, nazorat kilish
1.3.2-rasm. Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzilishi. 12
Bozor strategik tahlil qilinib, oltita hal qiluvchi savolga javob topilgach, yakunlovchi bosqichda tanlangan maqsadlarni, ularga erishish vositalarini, bajarilishi kerak bo’lgan muayyan harakat dasturlarini va, nihoyat, har faoliyat yo’nalishi bo’yicha va umuman firma bo’yicha dastlabki daromad va xarajatlar ro’yxatini muvofiqlashtirish kerak bo’ladi. Marketingni rejalashtirish jarayoni quyidagi chizmada keltirilgan. Strategik marketingning vazifasi firmaning barcha faoliyat turlarini uning taraqqiyoti va rentabelligini ta’minlaydigan yo’nalishlarga har doim yo’naltirish va qayta yo’naltirib turishdan iborat. Uning impulslari faqat marketingga emas, balki barcha funktsiyalarga ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun uning roli an’anaviy marketing boshqaruvining roliga qaraganda anchagina kengdir: u funktsiyalararo muvofiqlashtirishni ham o’z ichiga oladi. Har qanday firmaning rahbari, hatto u rejalashtirish g’oyasiga qarshi
12 ErgashxodjaevaSh.J. Strategik marketing-2. –T.:TDIU, 2010. 28
bo’lsa ham, hech bo’lmaganda uch yo’nalishdagi istiqbollarni belgilab olishga majburdir: -bozor evolyutsiyasiga tegishlicha moslashish yoki yangi tovar bozorlariga kirib borish uchun kerak bo’lgan investitsiyalar; -ko’zda tutilayotgan buyurtmalar hajmi bilan moslashtirilishi kerak bo’lgan ishlab chiqarish dasturi, buyurtmalar hajmi o’z navbatida talabning mavsumiyligi, tovarlarni ilgari surish va hokazolarga bog’liq bo’ladi; -moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’lar, ular daromadlar va xarajatlarning mo’ljallari asosida hisoblanadi.
Ishlab-chiqarish korxonasi va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish jarayoni quyidagi chizmada berilgan.
Korxona buyicha umumiy rejalashtirish Mahsulotni ishlab chiharishni rejalashtirish Marketingni strategik rejalashtirish Moliyaviy rejalashtirish Marketingning strategik rejasi Sotish rejasi Reklamalarni chop etish rejasi
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling