Korxonaning eritish sanoati presslash bo’limini alyumin qotishmalari bilan ta’minlab
bo’limini uzluksiz ta’minlash uchun 22 tonnali shaxta tipidagi 2ta eritish, quyish
38
profillarning nomenklaturasi 500dan ortiq va bo’limda 7ta presslash liniyasi ishlab
turadi.
Anodlash
Profil tayyor bo’lgach anodlash vannalariga botiriladi va 25-85 daqiqa anodlanadi.
Anodlash - profil sirtini elektroliz usulida oksid pardasi bilan qoplash hisoblanadi.
Bundan profillarni turli xil kislotalar ta’siri natijasida o’z sifatini yo’qotmasligi uchun
foydalaniladi.
Bo’yash
Zavodda profillarni kukunli emal bilan bo’yaydigan 3 ta avtomatlashtirilgan bo’yash
liniyalari bor. Profillarni bo’yash uchun ko’p yillar xizmat qiladigan, tashqi ko’rinishi
o’zgarmaydigan elektrostatistik bo’yash usuli qo’llaniladi. bu ham sifatli mahsulot
uchun xizmat qiladi, uning yaroqlik muddatini oshiradi. Emallar RAL katalogi
bo’yicha tanlanadi.
Bezash
Alyumin profillarini bezash – bu daraxt yoki toshlarning har xil ko’rinishlarini aks
ettirish texnologiyasidir. Bu jarayon vakumli termokamerada amalga oshiriladi. U
yerda kukun profil ustiga singib ketadi va profilni ko’rganingizda huddi taxtadan
yasalgandek taassurot qoldiradi
Qadoqlash
Tayyor mahsulot maxsus himoya plyonkasi bilan qadoqlanadi. Odatda bitta qadoqda
6ta profil joylashgan bo’ladi, profillarning uzunligi 6 metrdan.
Laboratoriya
Alyumin qotishmasi kimyoviy tarkibining nazorati Foundry Master laboratoriyalari
va kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: