Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
-jadval Korxona aktsiyalarining jozibadorlik ko‘rsatkichlari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
18-jadval
Korxona aktsiyalarining jozibadorlik ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlar Joriy davr O‘tgan davr Dinamika, foiz Ma’lumotlar bazasi: 1. Bitta aktsiyaning nominal bahosi (so‘m) 2. Bitta aktsiyaning bozor bahosi (so‘m) 3. Bitta aktsiyaga sof foyda (so‘m) 4. Bitta aktsiyaga dividend summasi (so‘m) 5. Umumiy to‘langan dibidentlar hajmi (ming so‘m) 6. Korxonaning sof foydasi (ming so‘m) 1000 1500 300 100 10 30 1000 1300 250 80 8 25 100 115,4 120 125 125 120 Ko‘rsatgichlar: 1. Bitta aktsiyaning potentsial daromadliligi (so‘m) 2. Bitta aktsiyaning haqiqiy daromadliligi (so‘m) 3. Bitta aktsiya kurs bahosining o‘zgarish koeffitsienti 4. Aktsiyalarga to‘langan dividendlarning salmog‘i 20 10 50 33,3 19,3 3 30 32,0 103,8 125 166,6 104,1 2. Korxona pul mablag‘larining aylanish ko‘rsatkichlari Bu ko‘rsatkichlar korxona pul mablag‘larining holatini, harakatini, shakllanishini va foydalanish darajasini aniqlashga yordam berish kerak. Pul harakatlari to‘g‘risidagi 4-shakl, hisobotiga asoslanib, pul mablag‘larning aylanishini tahlil etish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tavsiya etiladi: 1. Xo‘jalik faoliyatidagi pul mablag‘lar oqimlari. 2. Sarmoyalardan olingan foyda va moliyaviy xizmatlar. 3. Soliqqa tortilish. 4. Sarmoya faoliyati. 5. Moliyaviy faoliyat. 6. Ijara bo‘yicha to‘lovlar va tushumlar. 7. Valuta mablag‘lari oqimlari. Korxonaning pul mablag‘lari xazinada, hisob-kitob va valuta schyotlarida saqlanadi. Pul mablag‘larining ko‘payib borishi, albatta, korxonalar faoliyatining ijobiy natijasi bo‘lib hisoblanadi, lekin bozor munosabatlari davrida pul mablag‘lari bekorga yig‘ilib yotishi kerak emas. Ortiqcha pul mablag‘lari ishlab chiqarishni kengaytirishga, ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini ko‘tarishga, aktsiyalar sotib olishga va boshqa maqsadlarda foydalanishga sarflanishi lozim. Korxonalar faoliyatidagi pul mablag‘lari oqimlari — iste’molchilardan olingan, ta’minotchilarga hamda xodimlarga to‘langan pullar. Sarmoyalar moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan foyda va xarajatlar bu depozitlarga, aktsiyalarga olingan foizlar, 75 dividendlar, va kreditlarga to‘langan foizlar, aktsiyalarga berilgan dividentlardan iboratdir. Sarmoyalik faoliyati nomoddiy aktivlarni hamda uzoq muddatli moddiy aktivlarni sotib olishni, ularni sotishni, uzoqqa, qisqa muddatli sarmoyalarni ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar korxonalarni kelgusi faoliyatga tayyorgarlik ko‘rishini, istiqbolini ko‘rsatadi. Moliyaviy faoliyati ko‘rsatkichlari ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular aktsiyalar chiqarishni, o‘zoq va qisqa muddatga olingan majburiyatlarni. Ijara aloqalar bo‘yicha daromad va xarajatlarni ifodalaydi. Valuta mablag‘lari oqimlari — valuta tushish yo‘nalishlarini va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini tahlil qilishga yordam beradi. Pul mablag‘larning aylanish ko‘rsatkichlarini quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling