22
Aktiv
1. Asosiy vositalar va boshqa aylanmadan tashqari aktivlar.
2. Zaxiralar va xarajatlar.
3. Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar.
Passiv
1. O‘z mablag‘lari manbalari.
2. Uzoq muddatli passivlar.
3. Hisob-kitoblar va boshqa passivlar.
Pirovardida 1997 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya
vazirligining 1997 yil 15 yanvarda qabul qilingan buyrug‘iga binoan yana balansning
yangi shakli qabul qilindi. Endi ilgari tuzilgan uch bo‘limli balansdan ikki bo‘limli
balansga o‘tildi. Bu balans quyidagi shaklda tuzildi:
Aktiv
1. Uzoq muddatli aktivlar.
2. Aylanma aktivlar.
Passiv
1. O‘zlik mablag‘larning manbalari.
2. Majburiyatlar.
2004 yil yanvar oyidan boshlab buxgalteriya balansining
yana yangi shakli
qabul qilindi. Unda balansning bo’limlari quyidagicha berilgan.
Aktiv
1. Uzoq muddatli aktivlar.
2. Joriy aktivlar, shu jumladan: tovar-moddiy zaxiralari; pul mablag‘lari, jami.
Passiv
1. O‘z mablag‘lari manbalari.
2.
Majburiyatlar, jami, shu jumladan: uzoq muddatli majburiyatlar;
joriy
majburiyatlar.
1997 yilda qabul qilingan balans shaklidan bu balansning farqi shundan iboratki,
balansning aktiv tomonida korxona aylanma mablag‘lari moddiy zaxiralar ya’ni
moddiy aylanma mablag‘lar va pul aylanma mablag‘lari, balansning passiv tomonida
esa ilgarigidek ikkiga bo‘lib ko‘rsatilgan uzoq va qisqa muddatli majburiyatlar. Bu
o‘zgarishlar korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishni ancha yengillashtiradi.
Shunday qilib, korxona balansining tuzilish shakli doimo takomillashtirilgan. Bu
takomillashtirish quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi:
Birinchidan,
balansning ham aktiv, ham passiv bo‘yicha bo‘limlari soni
o‘zgarib, korxona mablag‘lari va ularning manbalari kontsentratsiyalanib bordi.
Ikkinchidan, balans bo‘limlarining nomlari o‘zgarib, yangi nomlarda mablag‘lar
va ularning manbalari mazmuni to‘liqroq aks ettirila boshlandi.
Uchinchidan, korxona balanslarining o‘zgarishida alohida ishlab chiqarish
tarmoqlarining mablag‘lari va ularni qoplovchi manbalarining xususiyatlari e’tiborga
olingan.
To‘rtinchidan, xalq xo‘jaligi bozor munosabatlariga o‘tkazilishi
munosabati
bilan korxonalar balansi bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan yo‘nalishda
takomillashtirilmoqda.
Beshinchidan, moliyaviy tahlil o‘tkazishni yengillashtirish maqsadida balans-
23
bruttodan, balans-nettoga o‘tilgan.
Oltinchidan, respublika jahon bozor iqtisodiyotiga
kirib borar ekan, mamlakatda
hisob va hisobotini tashkil qilish xalqaro andozalarga o‘tkazilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: