Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/64
Sana07.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1248056
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

С
K
S
K
С
K
S
K
Bu indeks sxema sifatida: 
K
1
va K
0
- joriy va o‘tgan davrlarda sotilgan mahsulotlarning soni
TS
1
va S
0
- joriy va o‘tgan davrlarda sotilgan mahsulotlarga qo‘yilgan narxlar; 
S
1
va S
0
- joriy va o‘tgan davrlarda sotilgan mahsulotlarning tannarxi. 
Indeksning suratida joriy davrda olingan foyda ko‘rsatiladi, chunki sotilgan 
mahsulotlar joriy narxlarda (K
1
s
1
) ifodalangan bo‘lib, undan joriy davrda sotilgan 
mahsulotlarni joriy tannarxi (K
1
S
1
) olib tashlangan. 
Indeksning maxrajida esa o‘tgan davrda olingan foyda ko‘rsatiladi, chunki unda 
o‘tgan davrda sotilgan mahsulotlardan olingan tushumdan (ΣK
0
TS
0
) bu mahsulotning 
tannarxi olib tashlanadi (ΣK
0
S
0
). 
Foydaning joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishiga — dinamikasiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni indekslar yordamida aniqlaymiz. 
1. Sotilgan mahsulotlar hajmining o‘zgarishi ta’sirni aniqlovchi indeks: 
Joriy davrda sotilgan mahsulotlar 
o‘tgan davr tannarxida 

O‘tgan davrdagi rentabellik 
koeffitsienti 
O‘tgan davrda sotilgan mahsulotlar 
o‘tgan davr 
– 
O‘tgan davrda sotilgan mahsulotlar 
o‘tgan davr tannarxida 


87 
Bu indeks quyidagi shakl sifatida yoziladi: 
0
0
0
0
0
0
1
)
(
С
K
Ц
K
R
C
K

O‘tgan davrdagi rentabellik koeffitsienti o‘sha davrda mahsulot sotuvidan 
olingan foydani shu mahsulotning tannarxiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlangan. Indeks 
suratida joriy davrda olingan foyda ko‘rsatiladi, lekin bu hisob-kitobda 
mahsulotlarning narxi va tannarxi o‘zgarmas deb olingan, faqat sotilgan mahsulotlar 
hajmi o‘zgarishi e’tiborga olingan. Indeks maxrajida, yuqorida ko‘rsatilgandek o‘tgan 
davrda sotilgan mahsulotlardan olingan foyda aniqlangan. Demak, bu indeks faqat 
sotilgan mahsulotlarning hajmi ta’sirini ko‘rsatadi. Iqtisodiy adabiyotda bu omilning 
ta’siri odatda, boshqa yo‘l bilan aniqlanadi. 
O‘tgan davrda olingan foyda joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan sotilgan 
mahsulotlar dinamika ko‘rsatkichiga ko‘paytiriladi va natija o‘tgan davrda olingan 
foyda bilan solishtiriladi. Olingan natija mualliflar fikricha foydaga sotilgan 
mahsulotlarda hajmining ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, o‘tgan davrda olingan foyda 
500 ming so‘m, sotilgan mahsulotlarning joriy davrda o‘tgan davridagiga nisbatan 
dinamikasi 110 foiz. Demak, (500*110)/100 = 550 ming s.-500 ming s.=50 ming s. 
Ko‘rinib turibdiki, korxona foydasi sotilgan mahsulotlar hajmining o‘zgarishi 
natijasida 50 ming so‘mga ko‘paygan. 
Fikrimizcha, bu hisob-kitobda sotilgan mahsulotlar hajmining o‘zgarishidan 
tashqari, ularning tarkibiy-assortiment o‘zgarishi ta’sirini ham o‘z ichiga oladi. 
Demak, bu yo‘l bilan aniqlanayotgan omil ta’sirini hisoblash asossiz va noto‘g‘ridir.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling