Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
-jadval Mamlakat to‘lov balansining taxminiy ko‘rinishi (raqamlar shartli)
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy operatsiyalar hisobi balansi.
18.1-jadval
Mamlakat to‘lov balansining taxminiy ko‘rinishi (raqamlar shartli)
Shunga ko‘ra to‘lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat: Joriy operatsiyalar hisobi; Kapital harakati hisobi. Joriy operatsiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko‘rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valuta ishlab topib, mamlakat valuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakat valuta zahirasini kamaytiradi. Joriy operatsiyalar hisobi balansi.Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig‘i deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko‘ra ko‘proq olib keladi (-75). Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sug‘urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo‘lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo‘lgan operatsiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni ko‘proq oladi ya’ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko‘proq boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sug‘urta kompaniyalari ko‘rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va h.k. Bu operatsiyalar bo‘yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12). Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Agar xorijga qo‘yilgan milliy kapital uchun chet to‘lovlari bo‘yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to‘lanadigan to‘lovlar miqdoridan ko‘p bo‘lsa, unda sof daromad musbat bo‘ladi (+8). Transfert ko‘rinishida pul o‘tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to‘lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o‘z qarindoshlariga pul o‘tkazmalari, turli ko‘rinishdagi hukumat yordamlarini o‘z ichiga oladi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xorijga jo‘natilayotgan pul o‘tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valuta zahiralarini kamaytiradi (-8). Joriy hisoblar bo‘yicha barcha operatsiyalar yig‘indisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valutaga bo‘lgan talab uning eksport operatsiyalari ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo‘lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat to‘lov balansi joriy operatsiyalar bo‘yicha kamomadga ega. Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig‘i quyidagicha beriladi: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling