Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
-jadval 1994 - 2018 yillarda O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mning AQSH
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari
19.1-jadval 1994 - 2018 yillarda O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mning AQSHdollariga nisbatan almashuv kursi dinamikasi (yil oxirida)104
104 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari
Bu esa o‘z navbatida, valyuta bozorining erkinlashtirilishi natijasida o‘z valyuta operatsiyalarini norasmiy valyuta bozorida amalga oshiruvchi ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlarining bank sektoriga o‘tayotganligi bilan ham izohlanadi. 2018 yil mobaynida ichki valyuta bozorida xorijiy valyuta taklifi asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning eksportdan olgan valyuta mablag‘lari hamda xorijiy davlatlardan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hisobiga shakllandi. Xususan, 2018 yilda tijorat banklariga sotilgan eksport tushumlari hajmi 2 barobarga ko‘payib, 4,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. (2017 yilda 2,1 mlrd. AQSh dollari). Natijada, avvallari eksport tushumining majburiy tartibda banklarga sotilgan qismi 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda ushbu ko‘rsatkich 61 foizga yetdi. 2018 yilda Markaziy bankning valyuta bozoridagi intervensiyalari strategiyasi almashuv kursining ichki valyuta bozoridagi talab va taklif asosida shakllanishi sharoitida amalga oshirilib, oltin-valyuta zaxiralarining "neytrallik" tamoyiliga asoslandi. 2018 yil davomida Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan intervensiyalar hajmi 3,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi va Markaziy bank tomonidan xarid qilingan monetar oltin qiymati doirasida bo‘lishi ta’minlandi. Bunda, 2018 yil mobaynida oltin-valyuta zaxiralaridan jami 3,8 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ichki valyuta bozoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar hisobiga ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talabning 37 foizi qoplandi. Mazkur ko‘rsatkich valyuta bozorini liberallashtirishdan avvalgi davrda 75 foizni tashkil etgan. 2018 yil davomida milliy valyuta - so‘mning almashuv kursi ichki valyuta bozoridagi talab va taklifning o‘zaro nisbati asosida shakllanib, xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir etuvchi mavsumiy omillar hisobiga o‘zgarib turdi. Umuman olganda, 2018 yil oxiriga kelib milliy valyutaning almashuv kursi yil boshiga nisbatan 2,7 foizga (8 120 so‘mdan 8 339 so‘mgacha) pasaygan bo‘lsa, yil mobaynida kursning minimal va maksimal miqdori o‘rtasida o‘zgarishi 7,3 foizni (avgust oyida - 7 781 so‘m, dekabr oyida - 8 348 so‘m) tashkil etdi. Valuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullariBozordagi talab va taklif ta’siri natijasida vaqti-vaqti bilan valuta kurslari o‘zgarib turadi. Davlat valuta kurslarini barqororlashtirish uchun valuta bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud: Zahiralardan foydalanish. Valuta kursini mustahkamlashning ko‘proq qo‘llaniladigan usuli - rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, valuta zahiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi chet mamlakatlar valutalarining zahirasidir (Masalan, AQSh dollari, YEVRO va h.k.). Savdo siyosati. Valuta bozoriga ta’sir ko‘rsatishning boshqa tadbirlariga savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilishni kiritish mumkin. Masalan, AQSh dollarining etishmasligi sharoitida valuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali xorijiy valuta taklifini ko‘paytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga keladigan asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi, uning tarkibini va savdo aloqalarini o‘zgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikning buzilishiga hissasini qo‘shadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik mumkin emas. Valuta nazorati. Boshqa muqobil variant valuta nazorati hisoblanadi. Valuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin, hukumat o‘z navbatida chet el valutasining bu zahirasini turli milliy importyorlar o‘rtasida taqsimlaydi. Shu yo‘l bilan hukumat milliy importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valutasi miqdoriga cheklaydi. Valuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valuta nazorati nisbiy ustunlik tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi. Ikkinchidan, etarli bo‘lmagan valuta resurslari ustidan valuta nazorati jarayoni, so‘zsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bog‘liq. Uchinchidan, nazorat tadbirlari iste’molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling