Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet143/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Pd


Er = En ——————
Pt
Bu yerda : Er – real valuta kursi; En - nominal valuta kursi ;
Pd – milliy valutada ko‘rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi);



105 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 150
Pt – xorijiy valutada ko‘rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valuta kursining ko‘tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to‘g‘risida guvohlik beradi.
Pul nafaqat muomala yoki to‘lov vositasi, balki jamg‘arish vositasi ham hisoblanadi. Iflyasiya sharoitida jamg‘arish vositasi sifatida milliy valutadan emas, balki xorijiy valutadan foydalaniladi.
Valuta bozori, depozitlar (qo‘yilmalar) va qimmatbaho qog‘ozlar bozori bilan bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy ahamiyatga ega. Agarda, foiz me’yorlari baholar o‘sishini qoplasa, mijozlar esa moliya institutlariga ishonch hosil qilishsa, jamg‘arma bozori valuta bozoriga asosiy raqobatchi bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum bo‘lganki, depozitlar va qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar o‘sishi bilan, valuta bozorlariga iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan ta’sir o‘z- o‘zidan kamayadi.
Sarmoyachilar qanday qilib bo‘lsa ham o‘zlarining vaqtincha bo‘sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat o‘z resurslaridan, balki xorij aktivlaridan ham foydalanish yo‘llarini izlashadi. Chunki, jahon moliya bozorining asosiy qismini kapital aktivlar tashkil etadi.
Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valuta kursining oshishiga olib keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu mamlakat depozitiga o‘z sarmoyalarini qo‘yishni xohlovchilar uchun ularning valutalari foiz stavkalaridan keladigan foydadan ko‘ra qimmatliroq bo‘ladi.



    1. Download 1.17 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling