Bu savolda nominal kurslarga xarid qobiliyati pariteti qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Xarid qobilyati pariteti konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi nazariyasiga asoslanadi. Ya’ni, bir xil tovar turli joylarda har xil narxlarda
sotilishi uzoq davom etmaydi Agarda, AQSh dollariga mamlakat ichida chet mamlakatlarga nisbatan ko‘proq mahsulot sotib olish mumkin bo‘lsa, u holda mamlakat ichkarisida sotib olingan mahsulotni chetga sotish orqali foyda olish mumkin. Oqibatda foyda olish maqsadida xorijga tovar olib chiqish ko‘payadi va baholar tenlashishiga sabab bo‘ladi.
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi. Ya’ni:
Pd
r = -----
Pt
Bu yerda: r — xorijiy valutaning milliy valutadagi bahosi;
Pd — ichki baholar darajasi; Pt — chet eldagi baholar darajasi.
Valuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini ko‘paytiradi. Shu sababli valuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muhim ob’ekti hisoblanadi. Davlat bevosita tartibga solish vositasi sifatida valuta intervensiyasi va diskont siyosatidan foydalanish mumkin.
Diskont siyosatida bank hisob stavkasini oshirib yoki tushirib chet el kapitallari kirishi yoki chiqib ketishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tartibga solishning ko‘proq universal usuli valuta intervensiyasi hisoblanadi. Bunda Markaziy banklar taklifi etarli bo‘lmagan, kursi esa yuqori bo‘lgan chet el valutalarini sotadi, ularni taklif ortiqcha va kursi past bo‘lganda sotib oladi. Bu bilan talab va taklifni tenglashtirib, milliy valuta kursi tebranish chegarasini cheklaydi.
Valuta intervensiyasini qo‘llash zahira valuta fondining miqdori bilan cheklanadi, shu sababli valutalarni sotish, albatta, ularni sotib olish bilan almashtirib turilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |