Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valuta kurslariga ta’siri


Download 1.17 Mb.
bet145/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valuta kurslariga ta’siri


Real valuta kurslari jamg‘arma va sarmoyalar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi vertikal to‘g‘ri chiziq va sof eksport miqdorini ko‘rsatuvchi, o‘ngdan pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (19.2-rasm). Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko‘rsatilgan milliy valuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo‘ladigan milliy valuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valuta kursi kapital bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha milliy valuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo‘lgan talabni tenglashtiradi.

19.2 - rasm. Real almashinuv kursidagi muvozanat


Davlat xarajatlarining oshishi (yoki soliqlarning kamayishi) milliy jamg‘armalarni kamaytiradi va (S-I) egri chiziq chapga suriladi (19.3- rasm). Bu siljishlar xorijiy investitsiyalar uchun milliy valuta taklifining kamayishini ko‘rsatadi.
Valuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Natijada, milliy mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi. Bu esa, o‘z navbatida, eksportning qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi. Oqibatda joriy operatsiyalar hisobida taqchillik paydo bo‘ladi.Agarda, soliqlarning kamayishi investitsiyalarning oshishiga olib kelsa, milliy jamg‘armalar hajmi o‘zgarmasa ham (S-I) egri chizig‘i yana chapga siljiydi.

19.3-rasm. Valuta taklifidagi o‘zgarishlarning real almashtirish kursiga ta’siri


Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo‘lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valuta kursini oshiradi va to‘lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi.
Chet mamlakatlardagi rag‘batlantiruvchi budjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi jamg‘armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi.




Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling