Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
-rasm.Tashqi muvozanatga erishish mexanizmi
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.2-rasm. Ichki muvozanatga erishish mexanizmi.
20.1-rasm.Tashqi muvozanatga erishish mexanizmi20.1- rasmda koordinata o‘qlarida ichki va tashqi muvozanatga erishishni ta’minlashni ko‘zda tutuvchi siyosatning ikki instrumenti- davlat xarajatlari darajasi (G) va foiz stavkasi (R) berilgan. BB egri chizig‘i davlat xarajatlari(G) va foiz stavkasi (R)ning tashqi balans (BP=0)ni ta’minlovchi turli kombinatsiyalarini aks ettiradi. BB egri chizig‘i ijobiy egilishga ega bo‘lib, bu quyidagilar bilan izohlanadi: Aytaylik, E nuqtasida ichki va tashqi muvozanat ta’minlangan bo‘lsin. Davlat xarajatlari E nuqtadan S nuqtaga qadar o‘sishi daromadlar va importning oshishini keltirib chiqaradi. Natijada savdo balansi taqchilligi (BP<0)ro‘y beradi. To‘lov balansining taqchilligini bartaraf etish uchun davlat cheklovchi pul-kredit siyosati vositasida kapital harakati balansining ijobiy qoldig‘ini ta’minlash choralarini ko‘radi. Masalan, foiz stavkasining oshirilishi mamlakatga kapital harakati balansining (joriy operatsiyalar balansining manfiy qoldig‘ini qoplaydigan hajmdagi) ijobiy qoldig‘ini ta’minlashga etarli hajmda xorijiy kapitalning oqib kelishini rag‘batlantiradi. Natijada to‘lov balansi qoldig‘i (BB egri chizig‘ining S nuqtasida) 0ga tenglashadi. Aynan tashqi balansga erishish maqsadida G va R o‘zgarishlarining ana shunday kombinatsiyasi mavjudligi BB egri chizig‘ining ijobiy egilishini aks ettiradi. BB egri chizig‘idan pastda va o‘ngda joylashgan nuqtalar to‘lov balansi taqchilligini aks ettiradi. BB egri chizig‘idan yuqorida va chapda joylashgan har qanday nuqta to‘lov balansining, qat’iy budjet-soliq va pul-kredit siyosati bilan ta’minlanadigan ijobiy (musbat) qoldig‘ini aks ettiradi. To‘liq bandlilik, potensial ishlab chiqarish hajmi va inflatsiya jarayonlarining mavjud emasligi bilan xarakterlanadigan ichki muvozanatni 20.2-rasm ko‘rinishida tasvirlash mumkin. 20.2-rasm. Ichki muvozanatga erishish mexanizmi.Aytaylik E nuqtada ham ichki, ham tashqi muvozanat ta’minlansin. Agar davlat xarajatlari G o‘ssa, daromad multiplikativ samara bilan E dan A ga qadar ko‘payadi. Daromad muvozanat (E) nuqtasidan ortiqcha talab holatiga (A) o‘sishi natijasida ortiqcha daromad inflatsion bosimni yuzaga keltiradi. Ichki muvozanatni tiklash uchun talabni kamaytirish maqsadida foiz stavkasi R ni ko‘tarish orqali pul massasini kamaytirish talab etiladi. 20.2.-rasmda bu holat A nuqtadan D nuqtaga qadar siljishi ko‘rinishida aks etadi. Bu nuqtada daromad resurslarning to‘liq bandliligiga mos keladi, ichki muvozanat esa tiklanadi. O‘z navbatid, G va R ning ichki muvozanatni ta’minlovchi kombinatsiyalari ijobiy egilishga ega YY egri chizig‘ini yuzaga keltiradi. YY egri chizig‘idan o‘ngda va quyida joylashgan nuqtalar ortiqcha talabni aks ettiradi. YY egri chiziqdan chapda va yuqorida joylashgan nuqtalar ortiqcha taklifni aks ettiradi. Bu nuqtalarda talab kamayadi va foiz stavkasi o‘sadi. 20.2–rasmdan ko‘rinib turibdiki BB egri chizig‘i YY egri chizig‘iga nisbatan yotiqroq. BB egri chizig‘ining tikligi kapital mobilligi bilan belgilanadi. Kapital qanchalik harakatchan bo‘lsa joriy operatsiyalar schyotininng taqchilligini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan kapitalning oqib kelishini rag‘batlantiruvchi foiz stavkasi R shunchalik kam miqdorga o‘sadi. Bunda BB egri chizig‘i yotiqroq bo‘ladi. Kapital kamroq harakatchanligi sharoitida BB egri chizig‘i tikroq ko‘rinishni oladi. Ammo kapitalning nisbatan kamorq mobilligi sharoitida ham BB egri chizig‘i YY egri chizig‘idan ko‘ra tikroq bo‘lmaydi. BB egri chizig‘ining tikligi kapitalning mobilligi 0 ga teng bo‘lgan sharoitda YY egri chizig‘i tikligiga tenglashadi. Boshqa barcha holatlarda YY egri chizig‘i BB egri chizig‘iga nisbatan tik bo‘ladi. Shunday qilib fiskal va monetar siyosatni qo‘shib olib borish ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash imkonini beradi. Navbatdagi muammo fiskal va monetar siyosatning ichki va tashqi muvozanatga ta’siri darajasini aniqlashdir. Bu nazariy masalani yechishga Robert Mandell va Markus Fleming urinib ko‘rinishgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling