6.4-rasm. O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning o‘sish sur’atlari, foizda49
Bu hududlarda amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalariga Kandim konlar guruhini o`zlashtirish va gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi, Xisor investitsiya bloki va Ustyurt hududida uglevodorod konlariga ishlov berish va ishlab chiqarish, Sho`rtan gaz kimyo majmuasida tozalangan metan asosida suyultirilgan yoqilg`i ishlab chiqarish, gazni oltingugurtdan tozalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Yoshlik 1 metall konini o`zlashtirish kabilarni keltirish mumkin.
Investitsiya faolligi ko`proq Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida kuzatildi (2016 yilga nisbatan 1,2 – 1,6 martta ko`payish). Qoraqalpog`iston Respublikasida
esa o`tgan yilga nisbatan asosiy kaitalga investitsiyalar 42,4 %ni tashkil etdi.
2019 yil yanvar-mart oylarida 29885,1 mlrd. so`m asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirilib, ularning 68,7%i yoki 20522,4 mlrd. so`m jalb etilgan mablag`lar hisobidan moliyalashtirilgan bo`lsa, korhona, tashkilot va aholining o`z mablag`lari hisobidan 31,3 %i yoki 9362,7 mlrd. so`m moliyalashtirildi.
6.5-rasm. 2019 yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar50
2019 yil yanvar-mart oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o`tgan yilning mos davridagi ulushiga nibatan 23,9 % punktga ko`payib, 41,8% ni yoki 12491,8 mlrd. so`mni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 23,9 % punktga kamayib, 58,2 % ni yoki 17393,3 mlrd. so`mni tashkil etdi.
Iste’mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo‘lib, uning hajmini avvalo uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari miqdori oshib borishi bilan undagi jamg‘armalar ulushi ham oshib boradi.
Iste’mol va jamg‘arish hajmi, shuningdek iste’molchilar boyliklari darajasiga, narx va soliq o‘zgarishlari, iste’molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga bog‘liq.
Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha qismi iste’molga va qancha qismi jamg‘armaga sarflanganligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardir.
Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o‘zgarishlarni ixtiyordagi daromad darajasidagi o‘zgarishga bo‘lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir.
Investitsiya yoki kapital qo‘yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan mablag‘ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha omillarga bog‘liq.
Investitsiya hajmining YaIM hajmiga bog‘liqligini xarakterlovchi model - akselerator modeli deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |