Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov
To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari
Download 1.17 Mb.
|
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.2-jadval O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi 103
To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalariva usullari To‘lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo‘ladi. Markaziy Bank valuta intervensiyasini amalga oshirish chorasini ko‘rmasa, va rasmiy valuta zahiralari miqdorini o‘zgartirmasa to‘lov balansi hisoblarini valuta kursining erkin tebranishi hisobiga o‘zaro tartibga solish amalga oshiriladi. Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valutaning qimmatlashuvi, kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro‘y beradi. Valuta kursining erkin tebranishi to‘lov balansining joriy va kapital hisoblarini avtomatik ravishda mutanosiblashtirish mexanizmi hisoblanadi. Erkin tebranuvchi valuta kursi tarafdorlari ta’kidlashicha, to‘lov balansining ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barham topadi. Valuta kurslarining erkin harakati to‘lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini yo‘qotadi. Erkin tebranuvchi valuta kurslari to‘lov balansini tenglashtirishda katta imkoniyatlarga ega bo‘lsada, kamchilikliklardan xoli emas. Chunonchi, bunday valuta birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, beqarorlikka va boshqalarga olib keladi. Agar Markaziy Bank rasmiy valuta zahiralari vositasida chet el valutasini sotib yoki sotib olib valuta kursini erkin tebranishiga barham bersa valuta kursining erkin tebranishi vositasida to‘lov balansini tartibga solish zarurati yo‘qoladi. Bunda to‘lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda chet el valutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiya eksportga xos bo‘lib kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valuta zahirasi kamayishiga qaramasdan) hisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valuta taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan ko‘tariladi va bu investitsiyalar hajmiga hamda iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘lov balansining aktiv-(musbat) qoldig‘i esa Markaziy bankning rasmiy valuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valuta zahiralarini to‘ldirish uchun chet el valutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa iqtisodiyotga (investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sishga) rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy rezervlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to‘lov balansi qoldig‘i nolga tenglashishi kerak. To‘lov balansining aktiv qoldig‘i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti xususiyatlariga qarab turlicha baholanishi mumkin. Valutasi xalqaro hisob-kitoblarda, hamda boshqa mamlakatlar zahira valutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to‘lov balansi taqchil bo‘lishi tabiiy hol hisoblanadi. Bunday mamlakatlar to‘lov balansini uzoq muddat makroiqtisodiy tartibga solmasligi mumkin. Milliy valutasi jahon iqtisodiyotida zahira valutasi hisoblanmaydigan mamlakatlar Markaziy Banklaridan rasmiy valuta zahirasi cheklanganligi tufayli to‘lov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bo‘linishiga olib keladi. Bunday hollarda to‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi. Mamlakat savdo siyosati va valuta almashinuv kursini o‘zgartirishi choralarini qo‘llab chet ellardagi o‘z xarajatlarini kamaytiradi, yoki eksportdan o‘z daromadlarini oshiradi. Bunday tartibga solish natijasida baholar umumiy darajasining oshishi oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valutaning qadrsizlanishi, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro‘y berishi mumkin. Valuta rezervlari sarflab bo‘lganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish imkoniyatlari yo‘qqa chiqqanligi sababli mamlakat to‘lov balansi taqchilligining uzoq vaqt davom etishi to‘lov balansi inqirozi deyiladi. To‘lov balansi inqirozini hal etishning yagona yo‘li makroiqtisodiy tartibga solish hisoblanadi. O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Bankni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valuta zahiralari bir vaqtning o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun etarli bo‘lmasligi mumkin. Valuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo‘lidir. Qisqa istiqbolda to‘lov balansi qoldig‘i jamg‘arish va investitsiyalar hajmlarini belgilovchi omillar (masalan budjet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Agar mamlakatda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu hol milliy jamg‘armalarning pasayishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi. Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg‘armalar hajmlarini oshiradi, bu o‘z navbatida kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa olib keladi. Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo‘yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi. 2018 yilda to‘lov balansi holati 2017 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar ta’sirida shakllanib bordi. To‘lov balansining 2018 yildagi holatiga asosan xom-ashyo tovarlarining jahon narxlari dinamikasi (energiya manbalari va qimmatbaho metallar), davlat tashqi qarzining nisbatan o‘sishi,norasmiy importning rasmiylashuvining davom etishi, hududlarni rivojlantirish va kapital qurilish bilan bog‘liq dasturlarning keng miqyosda amalga oshirilishi, ishchi kuchini qabul qilayotgan mamlakatlarda tashqi sharoitlarning yomonlashuvi natijasida kelib tushayotgan pul o‘tkazmalari o‘sish suratlarining qisqarishi kabi omillar ta’sir qildi. 18.2-jadval O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi103(mln. dollar)
Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling