Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet150/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Mandell-Fleming modeli kichik ochiq iqtisodiyot modeli bo‘lib qayd qilingan va suzib yuruvchi valuta kurslari sharoitida iqtisodiy siyosatning turldi ko‘rinishlarini amalga oshirish natijalarini baholash maqsadida qo‘llaniladi.
Mandell-Fleming modeli milliy iqtisodiyotning jahon bozoridagi hissasi kichik va shu sababli uni rivojlantirishning asosiy parametrlari jahon bozori tomonidan, ya’ni tashqaridan belgilab beriladi degan shartga asoslanadi.
Bu model XX asrning 60-yillarida ishlab chiqilgan bo‘lib baholarning barqarorligini ko‘zda tutadi va yalpi daromadning tebranishlari sabablarini tushuntirib beradi.
Bu modelga ko‘ra iqtisodiyotning amal qilishi valutalarning almashinuv kursi tizimiga bog‘liq.
Mandell-Fleming modeli uchta tenglamani o‘z ichiga oladi: 1) Y+C(Y-T)+I(r)+G+Xn(e), IS;

  1. M/P=L(r,Y),LM;

  2. r = r*

Birinchi tenglama- tovar bozorini, ikkinchi tenglama -pul bozorini, uchinchi tenglama esa ichki foiz stavkasi (r) jahon foiz stavkasi (r*) darajasi bilan belgilanishini anglatadi.
Modelda uchta endogen o‘zgaruvchilar: Y, r va e mavjud.


20.3-rasm. Mandell-Flemingning Y-r modeli


Modelni tasvirlash uchun ikkita grafik tuzish taklif etiladi. Har bir grafikda o‘zgaruvchi miqdorlardan bittasi konstanta deb olinadi va tahlil ikki o‘zgaruvchining aloqadorligi bo‘yicha o‘tkaziladi.Mandell- Flemingning Y-r modeli 20.3- rasmda tasvirlangan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki IS egri chizig‘i quyiga, LM egri chizig‘i esa yuqoriga yo‘nalgan. Gorizontal liniya jahon foiz stavkasini ifodalaydi.


Grafik ikki xususiyatga ega.

  1. IS egri chizig‘ining holati almashinuv kursining darajasiga bog‘liq. Almashinuv kursining ko‘tarilishi egri chiziqni chapga siljitadi.

  2. Barcha uch egri chiziq bir nuqtada kesishadi.

Lekin bu uch egri chiziq bir nuqtada kesishmaydi deb tasavvur qilish mumkin (20.4-rasm).




Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling