Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.17 Mb.
bet60/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat va muhokama uchun savollar





    1. Makroiqtisodiy muvozanat to‘g‘risida klassik nazariyaning mohiyatini tushuntirib bering.

    2. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi mohiyati nimada va klassiklar nazariyasidan prinsipial farqlari nimada?

    3. Avtonom xarajatlar deganda nimani tushunasiz?

    4. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlarga ta’rif bering.

    5. Keyns xochi nomli modelda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlovchi mexanizmga izoh bering.

    6. Multiplikativ samara nima sababdan ro‘y beradi.

    7. Retsession uzilish qanday vaziyatlarda ro‘y beradi va u qay tariqa bartaraf qilinadi?

    8. Inflatsion uzilish qanday vaziyatlarda ro‘y beradi va u qay tariqa bartaraf qilinadi?
  1. BOB: PULGA TALAB FUNKSIYASI


Reja:

    1. Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari.

    2. Pulga talabning klassik nazariyasi.

    3. Pulga talabning keynscha nazariyasi.

    4. O‘zbekistonda pul agregatlari va pul massasi tarkibi




    1. Pul tushunchasi va uning funksiyalari. Pul agregatlari.

Pul – iqtisodiyot sub’ektlari mulkining bir turi bo‘lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko‘ra farq qilad: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funksiyalaridan topamiz.


Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.
Bular: to‘lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o‘lchovi vositasi,. jamg‘arish (boylik to‘plash) vositasi.56
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to‘lov vositasiga aylantiradi.
Qiymat o‘lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi.
O‘z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu sababga ko‘ra pullar ularga o‘tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo‘lsa, unda u boylik to‘plash maqsadida jamg‘ariladi. Pulning bu funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aksiyalar, ko‘chmas mulk ham bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg‘arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ao‘hamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to‘lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo‘linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda – M0; M1; M2; M3 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o‘zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
M0 – muomaladagi naqd pullar;
M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + chekli omonatlar + yo‘l cheklari;
M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari;
M3 = M2 + depozit sertifikatlari + jamg’arma sertifikatlari + davlatning qimmatli qog’ozlari.
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko‘p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog‘liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o‘ssa, foiz stavkasining o‘sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o‘sadi.



    1. Download 1.17 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling