Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kreativ fikrlash


Download 10.72 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi10.72 Kb.
#1503639
  1   2   3
Bog'liq
Sanjar Shodmonov, Mek-16 kreativ fikrlash

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

KREATIV FIKRLASH


BAJARDI: Shodmonov Sanjar
Gruh: MEK-16

KREATIV VA TANQIDIY FIKRLASH XUSUSIYATLARI

REJA

  • Kreativ fikrlash

  • 2.Tanqidiy fikrlash
    3.Kreativlik

Kreativ fikrlash Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”dek qarashimiz kerak. PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash modeliga ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o‘z g‘oyalarini yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi. Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va takomillashtirish kompetentligiga e’tibor qaratiladi.
Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo‘lar edi. Har bir o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan istak bor. Faqatgina biz shu istakni nuqtasini topishimiz kerak va biz bunga 3 “E” EXCITE, EDUCATE, EMPOWER ya’ni ruhlantirish, ta’lim berish va rag‘batlantirish orqali erishamiz.
Quyida Siz PISA xalqaro tadqiqotining kreativ fikrlash yo‘nalishiga oid topshiriq namunalari bilan tanishishingiz hamda tasavvuringizni boyitishingiz mumkin. Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan.
G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi.

Download 10.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling