Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti
Yevropa xalqaro savdo tashkilotlarining turizmdagi
Download 3.36 Mb. Pdf ko'rish
|
T menejment
8.3. Yevropa xalqaro savdo tashkilotlarining turizmdagi ahamiyati Keyingi yillarda xalqaro tashkilotlarning soni tez kupaya boshladi, biroq bu asosan ikki qarama-qarshi tizim doirasida yuz berdi. Bu tizimlarning har biri a‘zo davlatlarning siyosiy, iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarga ega edi. Turli mamlakatlarni yagona jahon hamjamiyatiga birlashishi jarayoniga xalaqit beruvchi siyosiy va mafkuraviy to‗siqlar yo‗qolishi bilan ko‗plab xalqaro tashkilotlarning faoliyat sohasi ancha kengaydi va bunda energiya, xomashyo, oziq-ovqat, 37 Икромов М.Иқтисодиѐт ва менежмент асослари : ўқув қўлланма / Икромов М., Солиев А. С.. - Тошкент : Vneshinvestprom, 2019. - 280 б 89 ekologiya muammolari bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarga katta e‘tibor berila boshladi. Davlatlar guruhlarining hududiy belgisi bo‗yicha yoki iqtisodiy faoliyatning ma‘lum sohalaridan manfaatdorlikning umumiyligi asosida birlashtiruvchi tashkilotlar yuzaga keldi. Bu belgilarga ko‗ra barcha xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: I. Umumiy huquq doirasi keng bo‗lgan, shuningdek iqtisodiy masalalar bilan shugullanuvchi tashkilotlar. Masalan, BMT, Arab davlatlari ittifoqi, Afrika Birdamlik tashkiloti, Amerika davlatlari tashkiloti va boshqalar. II. Umumiqtisodiy muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar. Bu tashkilotlar iqtisodiy hamkorlikning barcha asosiy yo‗nalishlari bo‗yicha a‘zo davlatlar siyosatini nazorat qiladi. Masalan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT). III. Iqtisodiy birlashgan tashkilotlar. Bu tashkilotlarning maqsadi a‘zo mamlakatlar doirasida mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi harakati yo‗lidagi barcha chegaralarni bosqichma-bosqich yo‗qotish hamda yagona iqtisodiy siyosatga asoslangan umumiy iqtisodiy makonni yaratishdan iborat. Ixtisoslashgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. 1. Savdo sohasidagi, shu jumladan umumiy xarakterdagi tashkilotlar: savdo va tariflar bo‗yicha Bosh bitim (GATT)-1995 yildan boshlab Umumjahon savdo tashkiloti (UST), savdo va taraqqiyot bo‗yicha BMT Anjumani (YuNKTAD), shuningdek tabiiy kauchuk bo‗yicha, kakao bo‗yicha ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar, neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK), mis eksport qiluvchi mamlakatlar Hukumatlararo kengashi va boshqalar. Bu tashkilotlar xalqaro savdoning rivojlanishiga yordam beradi va jahon bozorida xomashyo mahsulotlarining muhim turlari aylanishini tartibga soladi. 2. Sanoat, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi, energetika, transport va aloqa hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari sohasidagi tashkilotlar. Bu tashkilotlarning faoliyati a‘zo mamlakatlar milliy xo‗jaligi muhim sohalari rivojlanishini rag‗batlantirish va nazorat qilishga, uning yirik 90 masalalarini hal etishga qaratilgan. Masalan, Sanoat rivojlanishi bo‗yicha tashkilot (YuNIDO), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi bo‗yicha tashkiloti (FAO), Ta‘lim, fan va madaniyat masalalari bo‗yicha BMT tashkiloti (YuNESKO) va boshqalar. 3. Valyuta-moliya, shuningdek, sarmoyalarni himoyalash sohasidagi tashkilotlar. Masalan, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Umumjahon banki (UB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB). Xalqaro hisob- kitoblar banki (XHB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB va boshqalar. 4. Iqtisodiy xarakterdagi faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar. Masalan, intellektual mulkni himoya qilish umumjahon tashkiloti, standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilot va boshqalar. Ba‘zi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar o‗z faoliyatida muxtor, mustaqil hisoblangan hukumatlararo tashkilotlardir (IHTT, YeH, YeTTB, XHB va boshqalar), biroq ulardan ko‗pchiligi BMTning ixtisoslashgan muassasalaridir. BMTning asosiy tashkiloti Bosh Assambleya hisoblanadi. U BMT ga a‘zo barcha davlatlardan tashkil topgan. Ular BMT Nizomi doirasida barcha harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, huquqiy masalalarni muhokama qilish huquqiga egadirlar. Bosh Assambleya bilan bir qatorda va uning boshchiligida xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik uchun javobgarlikni BMTning muhim tashkiloti- Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) o‗z zimmasiga oladi. U Bosh Assambleya tomonidan saylanadi va tashkilotning 54 mamlakatidan iborat. Uning bevosita tashkilotlari quyidagilar: -sessiya tashkilotlari; -funksional tashkilotlar; -EKOSOS qo‗mitalari va komissiyalari; -ekspertlar tashkilotlari; -hududiy komissiyalar: EKE, EKA, ESKATO va boshqalar. Bu tashkilotlar barcha iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‗yicha maslahatlar, tavsiyalar beradi, bu masalalarni o‗urganadi, kengashga materiallar va hujjatlar tayyorlaydi. EKOSOS BMT ning bir qator hukumatlararo muassasalariga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu muassasalarning har biri xalqaro 91 darajada ma‘lum funksional yoki tarmoq muammolarini hal etishga javobgardir (XVF, XTTB, XMK, FAO, YuNESKO va boshqalar). Bundan tashqari EKOSOSga iqtisodiy masalalar bo‗yicha Bosh Assambleya tashkilotlari (YuNKTAD, PROON va boshqalar), shuningdek BMTning turli maqsadli fondlari (YuNISEF va boshqalar) ustidan ham nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. O‗zbekiston BMTning teng huquqli a‘zosi sifatida uning ko‗plab iqtisodiy tashkilotlari faoliyatiga qo‗shilgan (XVF, XTTB, XMK, UST, ESKATO va boshqalar). Umumiqtisodiy tashkilotlar va iqtisodiy birlashgan tashkilotlar bir tomondan, iqtisodiy o‗zaro bog‗liqlikning kuchayishi, ikkinchi tomondan, jahon bozoridagi kuchli raqobat davlatlarni o‗z milliy manfaatlari doirasini saqlash va kengaytirishga undaydi, maqsadlar birligi asosida iqtisodiy guruhlar, tashkilotlar tarkibida davlatlar o‗z harakatlarini kelishib oladilar va jahon hamjamiyatidagi mavqelarini birgalikda himoya qiladilar, shuningdek, jahon xo‗jalik aloqalarini o‗rnatish tartibi va qoidalarini aniqlaydilar. Eng yirik umumiqtisodiy tashkilot 24 davlatni yoki deyarli barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlarni (Janubiy Afrika Respublikasi va Isroildan tashqari) birlashtirgan iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hisoblanadi. U 1961-yilda ishtirokchi-mamlakatlarning yagona itisodiy siyosatini ishlab chiqish va nazorat qilish maqsadida tuzilgan Rahbarlikning oliy tashkiloti Kengash hisoblanadi va unga barcha ishtirokchi-mamlakatlarning vakillari kiradi. Biroq barcha masalalarni ishchi tartibda Ijroiya qo‗mita hal etadi. ―Katta yyettilik‖ davlatlari- AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Italiya bu qo‗mitaning doimiy a‘zolaridir. Uning qarorlari tavsiyaviy xarakterga ega bo‗lsa-da, biroq, mamlakatlar iqtisodiyoti to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning hajmi va ishonchliligini, uning ishlash sifatini, shuningdek taqsimlanayotgan zaxiralar miqdorini hisobga olgan holda, bu tavsiyalarga munosabat jiddiydir. Keyingi yillarda IHTT a‘zo mamlakatlar o‗rtasidagi (Yaponiya va AQSh, G‗arbiy Yevropa va AQSh va boshqalar) ba‘zi keskin iqtisodiy muammolarni hal qilishga, shuningdek sobiq sosialistik mamlakatlarga 92 nisbatan birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirishga ko‗p e`tibor bermoqda. IHTT tarkibida bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratayotgan sobiq sosialistik mamlakatlarga moliyaviy, texnik yordam ko‗rsatish, loyihalarni baholash, maslahat berish va tuzilish siyosatini tahlil etish bilan shug‗ullanuvchi Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik bo‗yicha markaz tuzilgan. O‗ziga a‘zo davlatlar tashqi iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtiruvchi IHTT dan farqli ravishda Yevropa Hamjamiyati (EH) yoki ―Umumiy bozor‖ ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etish maqsadida davlatlarning birlashuvini jahon amaliyotidagi birinchi yirik tajribasini o‗zida mujassamlashtirgan. G‗arbiy Yevropa mamlakatlarining bu birlashgan guruhi 1967-yilda uchta yirik Yevropa iqtisodiy tashkilotlarining qo‗shilishi natijasida tashkil topdi: -1958-yilda tuzilgan va keyinchalik YeHga kirgan 15 mamlakatni birlashtirgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati: -Ko‗mir va po‗lat bo‗yicha Yevropa birlashmasi; -Atom energetikasi bo‗yicha Yevropa Hamjamiyati. YeHga a‘zo mamlakatlarda jahon aholisining 7 % yashab, jahon savdosining deyarli 41 % valyuta zaxiralarining 36% dan ortigi to‗g‗ri keladi. Yevropa Kengashi, Vazirlar Kengashi, YeH Komissiyasi, Yevropa parlamenti, YeH sudi, ijtimoiy va Iqtisodiy qo‗mita YeHning rahbar tashkilotlari hisoblanadi. Ular milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining ichki muammolarini muvofiqlashtiradi, barcha a‘zo mamlakatlar uchun yagona tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshiradi, boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan shartnoma, bitimlar tuzadi. Jahon bozorida YeH, AQSh va tez rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlarining sherigi va kuchli raqobatchisi sifatida qatnashadi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling