Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti
-rasm. Turistik bozor samaradorligiga ta‟sir etuvchi omillar
Download 3.36 Mb. Pdf ko'rish
|
T menejment
1.2-rasm. Turistik bozor samaradorligiga ta‟sir etuvchi omillar
4 Turizm umumiqtisodiy muammolarni hal etishga yordam beradi, ammo turistik faoliyatning ko‗p qirrali ekanligini inobatga oladigan bo‗lsak, u o‗z o‗zidan samarali ravishda rivojlana olmaydi. Turizmning iqtisodiy aktivligi to‗g‗ridan to‗g‗ri mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan bog‗liq. Turizmning iqtisodiy samaradorlligi shuni 4 https://www.google.com/search 12 ko‗zda tutadiki, mamlakatda turizm xizmat ko‗rsatish kompleksining boshqa tarmoqlari bilan parallel ravishda rivojlananishi lozim. Turizmning ijtimoiy ahamiyati jamiyat uchun quyidagilardan iborat: - jamiyatning psixofiziologik resurslari va insonning mehnat qobiliyatining tiklanishi; - bo‗sh vaqtdan tejamli foydalanish; - ish joylarini tashkil etish va aholi bandligini ta‘minlash; - mahalliy aholining madaniyatiga ta‘sir ko‗rsatish; - korxonalarda band bo‗lganlarning daromadini ta‘minlash; - rekriatsiyani tiklash va qo‗llab quvvatlash orqali turizmning ekologik havfsizligini ta‘minlash. Ijtimoiy nuqtai nazardan turizmning asosiy funksiyasi bo‗lib, insonning ishlab chiqarish majburiyatlarini bajarish chog‗ida sarflangan kuchlarini tiklash hisoblanadi. U ko‗pincha asabning taranglashishi bilan bog‗liq bo‗ladi. Turistik dam olish – bu muhitning almashishi kundalik hayot tarzining o‗zgarishi, xordiq chiqarish madaniyati, yangi joy odamlari bilan tanishish, dunyoqarashni kengaytirish va hokazolar. Bo‗larning barchasi inson kuchini tiklashga imkon yaratadi. Insonlarga o‗z xizmatlarini taklif qila turib, turistik korxonalar turistik dam olishga jalb qiladi. Turistlar dam olish kuniga, ta‘tilni tejamli va foydali o‗tkazish imkoniga ega bo‗lishadilar. Yoshlarni qiziqarli sayyohatlarga jalb qilishiga imkon yaratadigan turistik klublarning rizojlanishi sog‗lom avlodning shakllanishiga imkon yaratadi. Turistik korxonalarning o‗z vazifalarini bajarishlaridan jamiyatning ma‘naviy va jismoniy sog‗ligi bog‗liq bo‗ladi. Rivojlangan turistik industriyaning mavjudligi ish kuchi bandligi muammosini hal etadi. Turizm mehnat xarajatli tarmoqlardan biri hisoblanadi va shu sababli turizmning rivojlanishi ishsizlikni kamaytiradi. Halqaro Turistik Tashkilot ma‘lumotlariga ko‗ra dunyodagi har 15 ish joyi turistik biznesga to‗g‗ri keladi. Turizm aholi hayot darajasining oshishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Turizm xizmatlariga qolgan tarmoqlarga qaraganda yuqori haq to‗lanadi. Zamonaviy turizm ekologik holatga ikki tomonlama ta‘sir ko‗rsatadi. Bir tomondan atrof muhitga ma‘lum darajada zarar ko‗rsatadi. 13 YA‘ni transport natijasida havoning buzilishi, erdan samarasiz foydlanish (dam olish bo‗yicha o‗z ehtiyojlarini qondirishni turistlar atrof muhitdan foydalanish va uni saqlash bo‗yicha qayg‗urishdan ustun qo‗yishadilar). Ikkinchi tomondan turizm ekologiya va rekriatsiyani qo‗llab quvvatlashdan manfaatdordir, chunki bu ushbu faoliyatning muhim shartidir. Tabiiy, madaniy va tarixiy obyektlarni ekspluatatsiya qilish orqali turizm ularni qo‗llab quvvatlashdan manfaatdordir. CHunki ularning yaxshi holatda bo‗lishi yaxshi dam olishga imkon beradi va turistik firma reytingini oshiradi. Turizmning mahalliy aholi hayotiga salbiy ta‘siriga quyidagilar kiradi: - malakasiz mehnat hissasining oshishi; - alkogolizm, janjallarning oshishi; - yoshlarning hayotga engil qarashi; - madaniyatning tijoratlashishi; - mahalliy aholi va turistlar o‗rtasidagi mojarolar. Turistik ehtiyojlarning qondirilishi tashrif davlatlari va hududlari aholisi, manfaatlariga madaniy va tarixiy qadriyatlarga, atrof muhitga, tabiat resurslariga turizmning gumanitar ahamiyati dam olishni tashrif buyurgan xalqning hayoti, tarixi, urf odatlari bilan birgalikda, o‗rganishdan iborat. Muhim ahamiyatni diqqatga sazovor joylarni ko‗rish egallaydi. Ekskursiyada ko‗rilgan va eshitilgan narsalar xotirada uzoq vaqt qoladi. Turli davlatlar xalqlari madaniyati va urf odatlari bilan tanishish, dunyoqarashni kengaytiradi, insonni ma‘naviy oziqlantiradi. Shunday qilib, turizmni rivojlantirish afzalliklariga quyidagilar kiradi: - hududga pul oqimlarining oshishi, shu jumladan chet el kapitalining; - yalpi ichki mahsulotning oshishi; - yangi ish joylarining yaratilishi; - kapitalning jalb qilinishi, shu jumladan chet el kapitalining; - hududdagi soliq tushumlarining oshishi. Turizmni rivojlantirishning salbiy oqibatlariga qo‗yidagiar kiradi: - mahalliy tovarlar va xizmatlar, tabiat resurslari va ko‗chmas mulkka raqobatning oshishi. 14 - turistik importda pullarning chetga chiqib ketishi; - turist tomonidan chiqarilgan ekologik va ijtimoiy muammolar; - agarda turizm hududda aosiy o‗rinda bo‗lsa, qolgan tarmoqlarning kerakli darajada rivojlanmasligi. O‗zbekistonda turizm yosh tarmoq hisoblanadi va davlat tomonidan turli yordam choralariga muhtojdir. Jumladan raqobatchilar ko‗p sonli turli soliq va tashqi iqtisodiy imtiyozlardan foydalanishadilar. SHu sababli bizdagi turistik mahsulot ishlab chiqarish va iste‘mol qilishi ular bilan raqobat qilishlari qiyin. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling