Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti "Moliya va Buxgalteriya hisobi" fakulteti


Download 22.25 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi22.25 Kb.
#1347092
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi test


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
“Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan


TEST
Bajardi:O.Abdikarimov


TOSHKENT-2023


1.Ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va subyektlari o’rtasida bo’lish jarayoni takror ishlab chiqarishning qaysi fazasiga kiradi?
A)Ishlab chiqarish B)Taqsimlash C)Ayirboshlash D)Iste’mol qilish
2.Kishilarning pirovard iste’moli uchun mo’ljallangan mahsulot va xizmatlarga bo’lgan zarurat- ? A)Shaxsiy ehtiyoj B)Yakka ehtiyoj C)Guruhiy ehtiyoj D)Hududiy
3.1615-yilda yozilgan “Siyosiy iqtisod traktati” asari muallifi kim?
A)F.Kene B)A.Smit C)D.|Rikardo D)A.Monkreten
4. F.Kene o’zining “Iqtisodiy jadval” asarini yozishi orqali qaysi maktab asoslarini yaratdi? A)Merkantilizm B)Fiziokratizm C)Marjinalizm D)Marksizm
5.Ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o’tgan hamda bevosita iste’mol uchun mo’ljallangan mahsulot- ?
A)Oraliq mahsulot B)Umumiy mahsulot C)Pirovard mahsulot D)O’rtacha mahsulot
6.Mehnat unumdorligi bu?
A)Ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati
B)Insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliytlari yig’indisi
C)Mamlakat bo’yicha yaratilgan milliy mahsulotning yil davomidagi yig’indisi
D)Ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan holda takrorlanishi
7.Mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi bu?
A)Mulkdan foydalanish B)Mulkni o’zlashtirish C)Egalik qilish D)Tasarruf etish
8.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida “Aksiyalarni nazorat paketi davlat mulkida bo’lgan yirik korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish” qaysi bosqichda amalga oshirilgan? A)II B)III C)IV D)V
9.”Qiymatning mehnat nazariyasi” asoschisi kim(lar)?
A)U.Petti B)A.Smit C)D.Rikardo D) Barcha javoblar to’g’ri
10. Qaysi iqtisodchi olim tovarning iste’mol qiymati va “qiymati” o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan?
A)A.Smit B)D.Rikardo C)U.Petti D)F.Vizer
11.Qaysi nazariya tarafdorlari pullarning Tovar tabiati hamda ularning ichki qiymatini zarurligini o’zini inkor etadilar, shuningdek, oulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir metallarga aloqadorligini rad etadilar? A)Nominalistik B)Metallistik C)Miqdoriy D)Bunday nazariya yo’q
12.Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashinuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Bu pulning qaysi vazifasi hisoblanadi?
A)Muomala vositasi B)Boylik to’plash C)To’lov vositasi D)Qiymat o’lchovi
13.O’zbekiston hududida milliy valyuta – “so’m” qachon muomalaga kirgan?
A)1993 3-sentyabr B)1994 1-iyul C)1993 6-dekabr D)1993 10-may
14.Tovarning kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondira olish qobiliyati?
A)Qiymat B)Naflilik C)Mehnat intensivligi D) A va C

15.O’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalarining majmui?


A)Bank B)Tadbirkorlik sektori C)Davlat sektori D)Uy xo’jaliklari
16.Qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo’yicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli bu? A)Tovar birjasi B)Valyuta birjasi C)Mehnat birjasi D)Fond birjasi
17. …- alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo majmuasi. A)Auksion B)Savdo yarmarkasi C)Savdo uyi D)Supermarket
18.Ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi birlashmasi bu?
A)Kartel B)Konsorsium C)Trest D)Konsern
19.Sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilinga narx? A)Chakana narx B)Chegaralangan narx C)Shartnoma narx D)Ulgurji narx
20. …- jamoat mulkiga asoslanib, kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli.
A)Xususiy tadbirkorlik B)Kooperativ tadbirkorlik C)YaTT D)Aksiyadorlik jamiyati




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Kalit

B

A

D

B

C

A

A

B

D

C



11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Kalit

A

D

B

B

C

D

A

C

C

B

Download 22.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling