Butun va qism tushunchalari haqida ma’lumot bering.
Butun va qism kategoriyalari. Butun narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashgan va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasidir. Qism butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalikdir. Ushbu tushunchalarning umumlashishi ob’ektiv olamdagi xilma – xillikning mohiyatan yaxlitligi bilan ifodalanadi. Biroq ular alohida-alohida holatda ham voqelikdagi biron-bir reallikni idrok etishga imkon tug‘diradi. Ob’ektiv olam bepayon bo‘lgani va u juda ko‘p nisbiy butunliklardan tashkil topgani uchun butun boshqa butunlikning qismi bo‘lishi, qismi esa boshqa elementlarga nisbatan butun vazifasini o‘tashi ham mumkin. Masalan, Er shari o‘zi butunlik bo‘lib, bu makondagi boshqa barcha narsa, hodisa, jarayonlar uning qismlaridir. Quyosh sistemasiga nisbatan Er qism bo‘lsa, Galaktikaning esa bir zarrasi – elementidir
Qadimgi Misr falsafasiga xos xususiyatlarni sanab bering.
Hissiy darajadagi bilimning shakllari haqida ma’lumot bering.
Hissiy darajadagi bilimning shakllari
. Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir.
Narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va
idrok etish natijasida olingan bilim hissiy
bilimdir.
Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.
Sezgi
.
Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan
oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi
. Masalan,
aplesinda biz to‘q sariq rang,o‘ziga xos hid, ta’mni sezamiz. CHunki, sezgilar insondan
Do'stlaringiz bilan baham: |