Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Sirtqi) ta’lim 4-kurs bank ishi va auditi yo’nalishi mbda-81 guruh talabasi baxtiyorov behruzning investitsiya fanidan yozgan m u s t a q I l I sh I


Shu bois ham investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o’ynaydi


Download 10.71 Kb.
bet3/4
Sana06.11.2023
Hajmi10.71 Kb.
#1750324
1   2   3   4
Bog'liq
INVESTITSIYA (MUSTAQIL ISHI)

Shu bois ham investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o’ynaydi.
Makroiqtisodiyot tarzida aniqlash – real investitsiyalarni (bino,inshoot qurish,modernizatsiya qilish va zamonaviy texnika,YaIM va YAMM) tashkil qilish iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish,zamonaviy texnika va texnologiya joriy etish,ekportga mo’ljallangan mahsulotlarni rivojlantirish va import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishdir.
Xalqaro investitsiyalarning iqtisodiyot rivojlantirishdagi har tomonlama ijobiy ta’sirini hisobga olib,uning vazifalari:
  • Keng tarmoqli bozor infratuzilmalarini shakllantirish;
  • Barcha ijobiy yo’nalishlarni tatbiq etish;
  • Moliyaviy o’sishni rivojlantirish.

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud.Mablag’lardan,vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga,respublika iqtisodiyotini ko’tarishga qaratilgan.
Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni yuksaltirish keng tarqalgan shakllardan biri hisoblanadi.Qo’shma korxona – nizom kapitalida o’zbek va xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan va kapitalning eng kam miqdori 150 ming dollarga teng bo’lgan korxona hisoblanadi.
Bugungi kunda xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarni jalb qilish shakllari kengayib bormoqda.Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etilishi mumkin.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari:
  • Mol-mulklar xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalar tashkil etish;
  • Qo’shma korxonalar tashkil etish;
  • Moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish;
  • Konsessiya va lizing shrtnomalari tuzish;
  • Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
  • Tenderlar e’lon qilishdir.

O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati beqiyosdir.Ushbu investitsiyalar ishlab chiqarish kapitalini to’g’ridan-to’g’ri tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltirishni anglatadi.Xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes muhiti,huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni ko’paytirish imkonini beradi.

Download 10.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling