Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Sirtqi) ta’lim 4-kurs bank ishi va auditi yo’nalishi mbda-81 guruh talabasi baxtiyorov behruzning investitsiya fanidan yozgan m u s t a q I l I sh I


Download 10.71 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi10.71 Kb.
#1750324
  1   2   3   4
Bog'liq
INVESTITSIYA (MUSTAQIL ISHI)

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI (Sirtqi) ta’lim 4-kurs bank ishi va auditi yo’nalishi mbda-81 guruh talabaLARi baxtiyorov behruz VA TOLIPOV SARKORBEKNING investitsiya fanidan yozgan M u s t a q i l i sh i

Mavzu : Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. R E J A: 1).Xalqaro investitsiyalarning Mohiyati va ahamiyati haqida tushunchalar. 2).Xalqaro investitsiyalarning iqtisodiyotni Rivojlantirishdagi o’rni. 3).Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning kirib kelish turlari va shakllari.


Investitsiya – bu inglizcha “Investment” – “qo’yilma” va nemischa “Investition” – “kiyintirmoq” degan ma’nolarni anglatadi.Bu pul mablag’larni,qimmatli qog’ozlarni,pul qiymatidagi mulklarni foyda olish maqsadida joylashtirish hisoblanadi.Ya’ni kelgusida ko’zda tutilgan daromadlarni olish maqsadida aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish tushuniladi.
Investitsiyaning mazmun va mohiyati 1998-yil 24-dekabrda O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi farmoyishlarida aks ettirilgan.Xalqaro investitsiya xalqaro investitsiyalar bozori va xalqaro fond bozori orqali ta’minlanadi.
Xalqaro investitsiya bozori – mamlakatning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan moliyaviy holatini belgilovchi muhim ko’rsatkich bo’lib,xorijiy aktivlari (pul mablag’lari,mol-mulklar va bankdagi omonatlarni) o’z ichiga oladi.
Xalqaro fond bozori – bu xalqaro moliya bozorining tarkibiy qismi bo’lib,unda turli mamlakatlarning emitentlari (faoliyatini rivojlantirish uchun qimmatli qog’ozlarni chiqaradigan tashkilot) va investorlari o’rtasida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari amalga oshiriladi.
Investitsiyalarning xalqaro bozorida xalqaro investitsion talabni investorlar yuzaga keltiradi,chunki ular investitsion tovarlarni sotib oluvchilar hisoblanadi.Investitsion taklifni esa,investitsion tovarlarni sotuvchilar shakllantiradi.
Qaysi davlat faol investitsiyalarni kiritgan bo’lsa,o’z iqtisodiyotining barqaror o’sishiga erishgan.Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri,ya’ni iqtisodiyot yuragi hisoblanadi.
Investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud.Bular:davlat investitsiyasi – davlat budjeti va moliyaviy manbalari hisobidan kiritiladi;chet el investitsiyasi – xorijiy davlatlar,banklar,kompaniyalar va tadbirkorlar tomonidan kiritiladi;xususiy investitsiyasi – xususiy tashkilotlari va fuqarolar mablag’lari tomonidan kiritiladi.

Download 10.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling