Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Jamoatchilik fikrining ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishi


Download 0.98 Mb.
bet73/108
Sana03.12.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1801317
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108
Bog'liq
Sotsiologiya darslik

Jamoatchilik fikrining ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishi

Jamoatchilik fikri sotsial hayotning shunday hodi sasi sanaladiki, uni har tomonlama o‘rganib, tahlil qilib, qat'iy ravishda aniqlashning iloji yo‘q. Shuning uchun zamonaviy ilmiy adabiyotlarda jamoatchilik fikrining bir qator ta'riflari mavjud. Mazkur ta'riflar asosida jamoatchilik fikrini sotsial jamoa ongining jamiyatdagi voqyea va hodisalarga nisbatan bo‘lgan fikrlari mahsuli sifatida belgilash mumkin. Jamoatchilik fikri jamiyat hayotida baholovchi mushohadalar va mazkur jamoaviy birliklarning amaliy xatti-harakatlari shaklida namoyon bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri doimiy ravishda guruhiy fikrni o‘zida ifodalab ijtimoiy manfaatlarga kiruvchi masalalarni qamrab olgan bo‘ladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, u nazariy tasavvur, ob'ektiv bilimlar va aldamchi fikrlardan tashkil topgan bo‘ladi. Jamoatchilik fikri avvaliga individlarning emotsiya va fikrlarida namoyon bo‘ladi, so‘ng esav ularni amaliy harakatlarni bajarishga undaydi. Ko‘pchilik olimlarni ng fikricha, jamoatchilik fikri insonlarning sotsial o‘zaro harakatlarining eng muhim mexanizmlaridan biri sanaladi. Chunki har qanday sotsial guruhning amaliy xatti-harakati umumiy fikrning shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi. Jamoatchilik fikri hodisasi jamiyatni tadqiq qiluvchi barcha mutaxassislar tomonidan o‘rganiladi. Bularga jurnalistlar, porlitexnologlar, sotsial harakatlarning faollari kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Jamoatchilik fikri jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun uni o‘rganish va o‘lchash barobarida shakllantirish usullari ham mavjud.
Jamoatchilik fikrini sun'iy ravishda biror maqsad yo‘lida shakllantirish mutaxassilar tomonidan sotsial texnologiya sifatida qabul qilingan va sotsial jarayonlarni boshqarish jarayonida keng qo‘llaniladi.
Sotsium bir qator sabablarga ko‘ra, jamoatchilik fikrini o‘rganishga qiziqadi.
Birinchidan, jamoatchilik fikri jamiyat ruhiy va ma'naviy olamining o‘ziga xos hosilasi sanaladi. Shuning uchun u doimiy ravishda tegishli bo‘lgan guruhining manfaatlari va o‘ziga xos jihatlarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Jamoatchilik fikrining sotsial bazasi qay darajada keng bo‘lsa, uning sotsial turdagi munosabatlarni transformatsiyalash instrumenti sifatidagi ta'sir doirasi shu qadar keng bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri jamiyatning manfaatlarini ifoda etuvchi muhim dolzarblik indikatori sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri sotsial-psixologik fenomen sifatida ommaning yetarlicha uzoq muddatli harakatlarini rag‘batlantiruvchi va yo‘naltiruvchi omil sanaladi.
Jamoatchilik fikri sotsial texnologiya sifatida boshqaruv qarorlarining qabul qilinishida muhim o‘rin egallaydi. Uning davlat va jamiyat boshqaruvining faol sub'ekti sifatidagi o‘rni jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, texnik sharoitlaridagi o‘zgarishlar barobarida rivojlanishi oqibatida ortib boradi. Natijada jamoatchilik fikrining vazifalari ortib boradi, jamoatchilikning fikr doirasi kengayadi, fikrlarning chuqurligi va sifati ortadi. Shuning uchun jamoatchilik fikri deyilganida, jamoatchilik ongining namoyon bo‘lish shakli sifatida qabul qilishimiz mumkin. Bunda fikrlar yozma yoki og‘zaki shaklda bildirilishi, dolzarb muammolarga nisbatan oshkora yoki yashirin munosabatlarni ifodalashi mumkin.
Jamoatchilik fikrini individual fikrlarning hosilasi sifatida qabul qilish holati ham mavjud. Bu yondashuv odatda ma'lum davlat yoki mintaqa aholisining fikriga nisbatan qo‘llaniladi.
Jamoatchilik fikri jamiyat hayotining barcha jabhalarida namoyon bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi o‘zaro bog‘liqliklarga ega. Misol uchun jamoatchilikning siyosiy baholari ularning huquqiy baholari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ahloqiy baholar insonlarning umum qabul qilingan normalarga muvoffiqligi bilan bog‘liq.
So‘nggi yillarda qator tadqiqotchilarning umumdunyo jamoatchilik fikrining shakllanishi to‘g‘risidagi mushohadalari keng o‘rin olmoqda. Ularning fikricha, mazkur jamoatchilik fikri o‘z ichiga global ijtimoiy-siyosiy muammolar yuzasidan baholovchi fikrlarini ifodalshi lozim. Xalqaro fikr dunyo hamjamiyatining sotsial-demografik taraqqiyot, dunyo mintaqalarining sotsial-iqtisodiy rivojlani shi, terrorizm, ekologiya, globalizatsiya kabi muammolar yuzasidan baho, fikr va mushohadalarini ifodalaydi. Ammo muammoni shu nuqtai nazardan tahlil qilish natijasida biz jamoatchilik fikrida zamonaviy jamiyatning sotsiomadaniy tizimini, zamonaviy bilimning predmeti va mahsus nazariyani inobatga olishimiz zarur.
Rossiyalik sotsiologlar ye. Petrenko va V. Mansurovning fikricha141, jamoatchilik fikrini sotsiologiya fani doirasida nisbatan mustaqil yo‘nalish sifatida tadqiq qilish holati quyidagi sabablarga ko‘ra amalga oshdi:

  1. Kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishi iste'molchi talablarini o‘rganish, raqobat sharoitida reklamaning samaradorligini aniqlash ehtiyojini yuzaga keltirdi;

  2. Demokratik strukturalarning rivojlanishi, ya'ni siyosiy partiyalarning qaror topishi va ular o‘rtasidagi siyosiy kurashning boshlanishi siyosiy prefernsiyalarni, elektoral xatti-harakatlarni va siyosiy ta'sirlarning samaradorligini o‘rganish ehtiyojini yuzaga keltirdi;

  3. Ommaviy axborot vositalariningn, ayniqsa, televideniening shakllanishi oqibatida auditoriyaning qiziqishlari, axborot manbasini tanlashdagi motivlarini aniqlash talabini yuzaga keltirdi;

Mazkur sabablar qatoriga fuqarolar orasida ta'lim va madaniyat darajasining ko‘tarilishi holatini ham kiritish maqsadga muvoffiq. Chunki bu insonlarning atrof-muhi tdagi bo‘layotgan voqyealarga nisbatn bo‘lgan qiziqishining ortishiga sabab bo‘ladi. Misol uchun siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning kechishi va h.k.
Jamoatchilik fikri va hokimiyatning jamiyatdagi o‘zaro munosabatlari jamiyat strukturasi, siyosiy tuzum, madaniyat va din shakllari kabi bir qator omillar bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra ular o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin142:
1. OAVlarining hokimiyat tomonidan bostirilishi va bo‘ysundirilishi
2. Jamoatchilik fikrining hokimiyat tomonidan tan olinmasligi, jamoatchilik fikriga e'tibor bermaslik
3. Paternalizm, ya'ni nimjon va xali yetarlicha shakllanmagan fuqarolik jamiyatining davlat qaramog‘ida bo‘lishi va boshqarilishi, yo‘naltirilishi
4. jamoatchilik fikri va hokimiyatning o‘zaro hamkorligi
5. jamoatchilik fikrining hokimiyat ustidan kuchli nazorati, diktaturasi.

Jamoatchilik fikri nazariyasi mahsus sotsiologik nazariya bo‘lib, uning asosiy maqsadi yirik jamoalar, sinflarning dolzarb muammolar yuzasidan baholovchi fikrlarining shakllanish qonuniyatlarini va mexanizmlarini tadqiq qilishdan iborat.


Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda sotsiologik jihatdan jamoatchilik fikrini o‘rganishda uni ongning tarkibiy elementi sifatida qabul qilish hamda uni “ong-sotsial muhit” mutanosibligida ko‘rish lozimligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jamiyatdagi siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar har bir insonga alohida ta'sir ko‘rsatib, jamoatchilik fikrida o‘z aksini topadi. Bu paytda davlatning djjamoatchilik fikriga nisbatan paternalistik munosabati o‘zini oqlaydi. Chunki shu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli fikrlilik, nizolar va tushunmovchilikning oldi olinadi.
Jamiyat transformatsiyasi jarayoni davomida jamoatchilik fikrini o‘rganib, monitoring qilib borish har bir davlat va jamiyat uchun boshqaruv masalalri va qarorlarini qabul qilish paytida muhim sanaladi.
Jamoatchilik fikri sub'ektning qiziqshlari va tanlovidan kelib chiqqan holda ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Shakllangan jamoatchilik fikri uzoq muddat o‘zgarmas bo‘lishi mumkin. Ba'zida esa u an'ana va urf-odatlarning bir qismiga aylanishi mumkin.
Jamoatchilik fikri mintaqaviy va sotsial xarakterdagi tarqalish maydoniga ega bo‘ladi. O‘ziga xos kompetenlik, sotsial yo‘nalganlik, keng tarqalganlik kabi xususiyatlar odatda shakllangan yetuk jamoatchilik fikriga xos bo‘ladi. Jamoatchilik fikrining namoyon bo‘lish sohalariga siyosat, huquq, ahloq, din, fan, madaniyat kabilar kiradi.
Umuman olganda fikrni individual, guruhiy va jamoatchilik fikri sifatida turlarga ajratish mumkin. Jamoatchilik fikri sotsial muhitda o‘zining ildizlariga ega bo‘ladi. U ko‘p hollarda partiyalar, harakatlar, boshqaruvchi elitaning mnaipulyasiya ob'ektiga aylanadi. U doimiy ravishda jamiyatdagi fikrlarning o‘zaro kurashi naoqibatida shakllanib, yuzaga keladi. Ba'zi hollarda jamoatchilik fikrining analogi paydo bo‘ladi. Bu holat yuzaga kelmasligi uchun jamiyat a'zolari ob'ektiv axborotga ega bo‘lishlari, ma'naviy jihatdan yetuk va ma'lumotli bo‘lishlari lozim.



  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling